Yulduzli fitnes instruktorlari

Mashhurlar va modellarni kim shugʻullantiradi?

Fotо: Unsplash

Fitnes olamida, sport bilan shugʻullanish va ovqatlanish borasida butun boshli dasturlar tuzadigan oʻziga xos mutaxassislar mavjud. ELLE O’zbekiston tahririyati, mashhurlar hamda modellarning qomatini mukammal darajaga olib kelib, uni koʻrkam qiyofada saqlab yurishga yordam beradigan shaxslar kimligini oʻrgandi.

Tracy Anderson

Madonna, Gwyneth Paltrow, Alessandra Ambrosio va boshqa mashhurlarning yulduzli treneri  – Tracy Anderson goʻzal qiyofani saqlab qolib, doimo yosh va navqiron koʻrinishda boʻlishga yordam beradi. Sobiq raqqosa Treysi "Method Mat Workout" nomli maxsus mashg‘ulot dasturini ishlab chiqqan. Bu dastur kardio va kuch mashqlarini raqslar bilan almashtirib bajarishni o‘z ichiga oladi.

Murabbiyning asosiy qoidasi – haftada olti marta shug‘ullanish va to‘g‘ri ovqatlanish. Treysi, shuningdek, ovqatlanishga eng to‘g‘ri yondashuv aynan sizning tanangizga nima mos kelishini aniqlash ekanligini va turli parhezlar bilan haddan tashqari tajriba o‘tkazmaslik yoki keskin chegaralarga bormaslik kerakligini ta’kidlaydi.

 

David Kirsh

Heidi Klum, Anne Hathaway, Jennifer Lopez va boshqa mashhurlarning fitnes-treneri va diyetologi David Kirsh – eng talabgir instruktorlardan. U tezlik bilan vaznni kamaytirishga olib keladigan  “The Ultimate New York Body Plan” deya nomlangan mashhur ikki haftalik dasturini ishlab chiqqan.

Dastur kundalik 45 daqiqalik yuqori shiddatli kardio mashg‘ulotlardan iborat bo‘lib, muammoli joylar uchun kuch mashqlarini o‘z ichiga oladi. Ovqatlanishga kelsak, David o‘z ratsionidan un mahsulotlari, pishiriqlar, shirinliklar, gazli ichimliklar, spirtli ichimliklar va hatto mevalarni ham chiqarib tashlaydi. Ovqatlanish asosan oqsillar, sekin hazm bo‘ladigan uglevodlar va oz miqdordagi yog‘lardan tashkil topishi kerak.

 

Robert Piyela

Opa-singil Хadidlar, Suki Waterhouse, Petra Nemcova va boshqalarning sevimli treneri – Robert Piyela boks boʻyicha eng yaxshi murabbiylardan biri deb hisoblanadi. New York shahrida “Gotham Gym” nomli studiyasiga ega. Ushbu yoʻnalish, bardoshni oshirib, barcha mushaklarni mustahkamlab, qomatga ishlov beradi va tezroq ozishga yordam beradi. Robning shaxsiy rahbarligi ostida esa natijalar uzoq vaqt kutishga majbur qilmaydi. Uning mashgʻulotlari yuqori jadallik  hamda xilma-xillik bilan ajralib turadi. Shuningdek, Rob qat’iy intizomga rioya qiladi: u muhimi, muntazam ravishda va birdek shugʻullanish kerakligiga ishonadi.

Аnna Kaiser

Gollivudda “raqs qirolichasi” deb nom olgan Anna Kraiser – Shakira, Karlie Kloss, Naomi Watts va boshqalarga instruktorlik qiladi. Uning shugʻullantirish uslubi oʻz ichiga – jismoniy mashgʻulotlar va raqsni qamraydi. Anna shuni ishonch bilan ta’kidlaydiki, mashgʻulotlar qiziqarli, turli tusg ega boʻlib, insonga zavq keltirishi lozim. Shuningdek, Anna raqsni, yoga va pilatesda qoʻllanadigan elementlar bilan boyitadi, ular esa oʻz oʻrni bilan barcha guruhdagi mushaklarni ishga tushirishga yordam beradi.

Harley Pasternak

Pasternak Toronto universitetida jismoniy tarbiya va diyetologiya yoʻnalishi boʻyicha magistr unvonini qoʻlga kiritdi. Uning toʻplangan bilimlariga tayangan holda tuzgan “Beshta omil” deb nomlangan parhez tizimi gollivud yulduzlari tomonidan iliq kutib olindi.  Ularning orasida Katy Perry, Megan Fox, Amanda Seyfried, Jordana Brewster va boshqalarni uchratish mumkin. 

Dastur boʻyicha, kuniga muayyan miqdorda, besh mahal ovqat isteʼmol qilish zarur. Har bir taom beshtadan oshmagan turli xil mahsulotlardan va besh xil foydali elementlardan  iborat boʻlishi lozim. Bundan tashqari, haftada besh marta dumba, oyoq, qorin pressi, orqa va qo‘llarni ishga solgan holda mashq qilish lozim. Pasternakning mijozlari ularning murabbiyi nafaqat jismoniy, balki shaxsiy muammolarni hal qilishda ham yordam beradigan a’lo darajadagi ruhshunos ekanligini ta’kidlashadi.

 

Don Saladino

Blake Lively, Ryan Reynolds, Scarlett Johhanson va boshqalarning fitnes-treneri – Don Saladino oʻz mijozlari uchun sogʻlomlashtirish boʻyicha kompleks dasturni ishlab chiqqan. Dasturga sport zalda va koʻchada haftada olti marta muntazam ravishda bajariladigan mashqlar va parhez kiradi. U qat’iy ravishda, shakar, unli mahsulotlar, oq non, sutli mahsulotlar hamda spirtli ichimliklarni kundalik tanovuldan chiqarib tashlashni tavsiya etadi. Dasturning boshqa muhim jihati – toʻlaqonli uyqu. Chunki aynan organizmdagi moddalar almashinuvining to‘g‘ri kechishi uyquning sifati va miqdoriga toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliqdir. Shuningdek, mashqlarning natijasiga ham.

 

Maqolani baham ko'ring

Related articles