Yuqori san’at asari: Haute Couture soch turmaklari
Parij kutyur haftaligidagi ko‘rinishlardan ilhom olamiz
Fransiya poytaxtida o‘tkazilgan yuqori moda haftaligi ilhom manbaiga aylandi – modellarning avangard tasvirlarini osongina haqiqiy hayotga tatbiq qilish mumkin.
Muvaffaqiyatli qo‘shimchalar
Shaffof yopinchiq vuallar va nuqtalar tasviri tushirilgan to‘rli yopinchiqlar, gul tojlari ko‘rinishidagi bosh kiyimlar – bular Cheney va Erziak brendlarining dekorativ detallari bo‘lib, barchaning e’tiborini o‘ziga qaratdi.
O‘rim sochlar
Kelgusi mavsum uchun yana bir ishonchli tendensiya. Bosh atrofida tojga o‘xshab yig‘ilgan soch o‘rimi – oqshom soch turmagi varianti bo‘lishi mumkin. Stilistlar kengaytmalardan foydalanganlar, ammo agar sizda uzun va qalin soch bo‘lsa, bu uslubdagi turmaklash uchun sizga faqat sabr-toqat va yaxshi stilist kerak bo‘ladi.
Bant ko‘rinishidagi soch turmaklari
Dullaert ko‘rgazmasida modellarning sochlari bant shaklida yig‘ilgan – samarali, o‘ziga xos va g‘ayrioddoy tarzda. Ushbu oqshom turmagi varianti ildiz hajmiga ega va shaklini tez yuqotmaydigan, qalin, mustahkam soch egalari uchun mos keladi.
Yig‘ilgan sochlar
Yuzni ochiq qoldiradigan yig‘ilgan sochlar – bu ko‘plab kutyur haftaligi dizaynerlari tomonidan ishlatiladigan black tie va white tie uchun klassik uslublar variantidir. Ushbu kiyimlar tantanali oqshom marosimlari uchun mo‘ljallanganligi sababli, tanlov juda mantiqiydir. Ushbu soch turmagi tufayli tomoshabin e’tibori asosan kiyimda bo‘ladi. Bu turmak, shuningdek, qimmatbaho taqinchoqlarni namoyish qilish imkoniyatini beradi va har doim yaxshi taassurot qoldiradi.
Soch turmagi har xil bo‘lishi mumkin – ajratib yig‘ilgan, silliq taralgan yoki o‘rib orqaga yig‘ilgan. Agar siz ushbu uslubni ishlatishga qaror qilsangiz, yuzingiz shakli va soch turiga mos keladiganini tanlang.