Yurt atoqli bastakor Dilorom Amanullayeva bilan vidolashmoqda
Davr ovozi so‘ndi, ammo musiqa boqiy qoladi

Mashhur bastakor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, san’at arbobi Dilorom Amanullayeva 66 yoshida olamdan o‘tdi. Uning chuqur milliy ruh va samimiy tuyg‘ular bilan yo‘g‘rilgan musiqasi o‘zbek madaniyati tarixida o‘chmas iz qoldirdi.
Dilorom Amanullayeva kamer musiqasidan tortib, xalq orasida klassikaga aylangan qo‘shiqlargacha ko‘plab asarlar muallifi edi. Uning ijodi bir necha avlod tinglovchilari va yosh musiqachilarga ilhom bag‘ishlagan.
Dilorom Amanullayevaning porloq xotirasi hamkasblari, shogirdlari va uning musiqasini sevib tinglagan muxlislari qalbida mangu yashaydi.