ZAAMIN ULTRA xalqaro ultramarafoni

Beshinchi yugurish musobaqasi o‘tkazildi

Foto: O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi axborot xizmati

2025-yil 14 va 15-iyun kunlari Zomin milliy tabiat bog‘ida beshinchi bor ZAAMIN ULTRA xalqaro ultramarafoni bo‘lib o‘tdi. Ikki kun davomida tadbir 17 mamlakatdan 3500 dan ortiq ishtirokchi va mehmonlarni jamladi: Belarus, Buyuk Britaniya, Isroil, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Niderlandiya, Rossiya, AQSH, Tojikiston, Turkiya, O‘zbekiston, Ukraina, Fransiya, Chexiya va Shveytsariya.

“ZAAMIN ULTRA xalqaro sport tadbirlarini tashkil etish va inkluzivlik bo‘yicha zamonaviy talablarga mos keladigan standartlarda o‘z o‘rnini ishonch bilan mustahkamlamoqda. Zomin milliy tabiat bog‘idagi ultramarafon 17 mamlakatdan kelgan ishtirokchilar uchun diqqatga sazovor joyga aylanganidan va sport, madaniyat hamda barqaror tajribalarni birlashtirgan platforma sifatida rivojlanishda davom etayotganidan mamnunmiz. Biz bunday keng ko‘lamli tadbirlar orqali madaniy muhitni targ‘ib qilish va rivojlantirishga ko‘maklashadigan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettiramiz”,— deydi O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova.

Maqolani baham ko'ring

Related articles