2025-yilgi urflar: Milan moda haftaligidan soch trendlari
Yaqinlashib kelayotgan mavsumga qanday soch uslublari ohang berdi?

Milan shahridagi 2025-yil kuz-qish mavsumi moda haftaligi soch turmagining shunchaki tashqi ko‘rinishga qo‘shimcha emas, balki to‘laqonli badiiy ifoda ekanligini yana bir bor isbotladi. Grafik, deyarli haykaltaroshlik yechimlaridan tortib, ataylab pala-partish ko‘rinishgacha – Milan podiumlari sochlarning dadil va g‘ayrioddiy yo‘nalishlarini namoyish etdi. Ijodkor stilistlar an’anaviy uslublarni qayta talqin qildilar: murakkab soch o‘rimlari etnik motivlarga, silliq tutamlar yangi dramatizmga ega bo‘ldi va “tabiiy turmaklangan” effekti erkin nafosatning timsoliga aylandi. Mavsumning e’tiborga loyiq asosiy trendlarini ko‘rib chiqamiz.
O‘rimlar
Soch o‘rimlari yana moda cho‘qqisiga chiqdi, ammo endi bu shunchaki turmaklash elementi emas, balki yorqin moda ifodasi hisoblanadi. Liberatore va Antonio Marras brendlari etnik motivlarga ega murakkab to‘qimalarga e’tibor qaratdilar – afrika soch o‘rimlaridan tortib o‘rta asr naqshlarigacha. Bu soch turmaklari ulug‘vor ko‘rinadi va tashqi qiyofaga tuzilish, hajm va grafiklik baxsh etadi. Sochga bunday urg‘u berish o‘ziga xoslikni ta’kidlamoqchi va uslubiga tarixiy dabdaba ohanglarini qo‘shmoqchi bo‘lganlar uchun ideal yechimga aylanadi.

fotо: spotlight \ Antonio Marras
Yopiq quloqli soch turmagi
Yana bir kutilmagan, ammo juda zamonaviy trend – quloqlarni ehtiyotkorlik bilan yashiradigan sochlar. J. Salinas va Beccaria Uyg‘onish davri portretlaridan ilhomlanib, ayollar quloqlarini silliq tutamlar bilan yopib, yuz chiziqlari nozikligini ta’kidlaganlar. Bu usul tashqi ko‘rinishga sirlilik baxsh etadi va uni olijanob qiladi. Bunday turmaklash nafis kiyimlar va ixcham taqinchoqlar bilan mukammal uyg‘unlashadi.

fotо: spotlight \ J Salinas

fotо: spotlight \ Luisa Beccaria
Silliq tugun
Elisabetta Franchi yon tomondagi kokil bilan to‘ldirilgan mukammal silliq tugunni taqdim etdi. Chiziqlarning aniqligi, ko‘zgudagi yaltiroqlik va minimalistik siluet bu turmaklashni mavsumning universal tendensiyasiga aylantiradi. U kechki ko‘rinishlar uchun ham, qat’iy ofis kiyimlari uchun ham juda mos keladi. Bu uslub har doim dolzarb bo‘lib qoladigan vazmin nafosatning timsoli hisoblanadi.

fotо: spotlight \ Elisabetta Franchi
Yonboshga qo‘yilgan kokil
Luisa Spagnoli yon tomonga qo‘yilgan nozik kokilga trend belgiladi. Bu usul yanoq chizig‘iga urg‘u beradi, yuz tuzilishini yumshoqroq ko‘rsatadi va romantiklik baxsh etadi. Bunday kokil silliq sochlar bilan ham, yengil to‘lqinli sochlar bilan ham yaxshi uyg‘unlashadi. Bu nafis, ammo tabiiy element bo‘lib, har qanday uslubga oson moslashadi.

fotо: spotlight \ Luisa Spagnoli

fotо: spotlight \ Fiorucci
Past “dum”
Klassik past “dum” modaga qaytmoqda, ammo endi u yangi erkinlikka ega bo‘lmoqda. HUI brendi uni bo‘shashgan holda taqdim etdi – qat’iy silliqliksiz, yengil tuzilma va xotirjamlik effekti bilan. Bunday turmaklash sochlarning tabiiy go‘zalligini ta’kidlaydi va ortiqcha kuch sarflamasdan tashqi ko‘rinishni zamonaviy qiladi.

fotо: spotlight \ Hui
“Tabiiy turmaklangan” effekti
Dolce & Gabbana, Genny va Emporio Armani tasdiqladi: bu mavsumda tabiiylik hukmronlik qilmoqda. Sochlar go‘yo tartibga solinmagandek ko‘rinadi – yengil tuzilish, tabiiy egilishlar, turmaksiz hajm. Bu “pardozsiz pardoz” trendining sochlar uchun analogi hisoblanadi. Mukammal parvarishni talab qiladigan oddiylik hashamatning yangi ramziga aylanmoqda.

fotо: spotlight \ Genny

fotо: spotlight \ Dolce Gabbana

fotо: spotlight \ Emporio Armani
To‘lqinlar
Max Mara va Francesca Murano romantik to‘lqinlarni taqdim etdilar, ular doimo stilistlarning sevimlisi bo‘lib qolmoqda. Bu mavsumda ular o‘ziga xos plastiklik – yengil, tabiiy, harakatlanish effektiga ega bo‘ldi. Bunday uslub sochlarning tabiiy go‘zalligini ta’kidlaydi va tashqi ko‘rinishga mayinlik baxsh etadi.

fotо: spotlight \ Max Mara

fotо: spotlight \ Francesco Murano