Do’ppi: milliy bosh kiyimni qayerda va qanday kiyish kerak
U ko'p narsalarni so’zlashi mumkin.
Каждый предмет на этой странице был выбран редактором ELLE. Мы можем получать комиссионные за некоторые из товаров, которые вы решите купить.
Do‘ppi 18-asrdan boshlab O‘zbekiston xalqi madaniyatining muhim qismi bo‘lib kelgan. Ilgari bu bosh kiyimsiz ko‘chaga chiqilmasdi, endi esa uni bayramlarda kiyishadi. Do'ppi "duppi" deb ham atashadi.
Shakli, naqsh xususiyatlari, kashtado'zlik rangi va vazifasi, huddi cho’pon kabi ("Cho’ponlar va ularning zamonaviy talqinlari" materialiga havola) etnik kelib chiqishiga bog'liq. Do'ppilar yumshoq yoki qattiq matodan tikilgan va kashta yoki munchoqlar bilan bezatilgan bo’ladi.
Viloyatlarga qarab o‘zbek do‘ppilar olti turga bo’linadi. Eng keng tarqalgan do'ppilar Farg'ona vodiysidagi Chust shahri sharafiga qo’yilgan “Chustiy” deb ataluvchi do’ppidir. Ular kvadrat shaklga ega va qora fondagi oq ipak kashtalari bilan ajralib turadi. To'rtta qalampir (kalampur) bezagi do'ppi ustini bezatib turadi. Ular hayot ramzini anglatadi va yomon ko'zlardan saqlaydi. Do‘ppining pastki qismi qora ipak jiyak bilan hoshiyalangan bo‘lib, uning ustiga oq iplar bilan boylik va hayotiylik ramzi bo’gan to‘lqinsimon naqshlar tikiladi. Huddi cho’pon kabi, Buxoro zardo‘zli do‘ppilari ham juda mashhur.
Ayollar do‘ppilari asosan anor, bodom, qalampir, turli gul va qushlar bilan bezatiladi. Ular asosan baxmal, ipak yoki so’zanadan tikiladi. Ular munchoqlar, yorqin toshlar, zarlar va yumshoq popuklar bilan bezatiladi.
Zamonaviy qizlar bayram tantanalarida yoki ijtimoiy tadbirlarda o'zlarining ko’rinishlariga milliylik ruhini qo’shish maqsadida do'ppi kiyishadi. Dizaynerlar an'anaviy taqinchoqlardan biroz uzoqlashishdidi - masalan, Dildora Qosimova brendidan siz to’liq munchoqlar bilan bezatilgan do'ppilarni topishingiz mumkin. Doppilar chetlari soch kabi o’rib olsa bo’ladigan zarpopuklar bilan bezatilgan. Arxiv bosh kiyimlar kolleksiyasini Human House, Anor, Kanishka va boshqa mahalliy brendlarda ham ko’rish mumkin.