Betakror qiyofa

Mavsumning beauty-obrazlari O‘zbekiston uzumzorlarini eslatadi – qizil sharob ranglari modellarning tabiiy go‘zalligini ajoyib tarzda aks ettiradi

20 Avg 2024

Pantone kompaniyasi o‘tgan yilning asosiy rangini “Viva Magenta”, bu yilgisini esa “Peach Fuuz” deb nomladi. Karmin (qizil), qizil sharob va shaftoli ranglari o‘zbek go‘zallari faxrlanadigan oppoq, chinnidek tiniq yuzlarining chiroyiga yanada ko‘rk bag‘ishlamoqda.

Ingichka novdalar

Pardoz modelining qiyofasini ranglar bilan to‘yintirmaslik uchun nimaga urg‘u berish kerakligini bilish lozim. Vizajistlar model qizning ko‘z qovoqlari ustiga qaymoq rang tenni surib, qovoqning ichki tomoni uchun esa to‘q qizil ranglarni tanladilar. Dior bazasi, Chanel upasi (pudra) va Tarte Cosmetics konsileri yordamida yuz terisining sezilmas darajadagi bir tekis rangini ko‘rsata olishdi. Yonoqlar uchun Contouring: MAC Cosmetik vositasi, Nars Cosmetik rumyanasi va REFY xaylayteri ishlatildi.

Yangicha nigoh

Nigohni yaqqol ifodalash uchun klassikani yorqin ranglar bilan kuchaytirgan holda an’anaviy usul va pardoz vositalaridan foydalanish mumkin. Ko‘z pardozida vizajistlar L.O.V Cosmetics vositalaridan foydalanib, qaymoq rang ten va issiq ranglar orqali tabiiylikka ahamiyat berishmoqda. Kipriklarning yanada maftunkor bo‘lishi uchun esa Saint Laurent tushidan foydalanishdi. Ko‘z osti qovoqlaridagi qizil nuqtalarni surish uchun esa Make Up Forever lab layneridan foydalanildi.

Rezavorlar ta’mi

Malina, qizil olma, brusnika ranglari aralashib, xushbo‘y guldastaga aylandi. Bu go‘zalliklar kombinatsiyasiga aniq tanlangan pardoz vositalari tufayli erishiladi. Model nigohi kiprik chizig‘i bo‘ylab pastki qovoqqa Make Up Forever lab layneri surish orqali yaratilgan.

Silliq chiziqlar

Toza, silliq terida ayniqsa, rangli aksentlar o‘zgacha ko‘rinadi. Pardoz ustalari ko‘z qovog‘iga nozik rang chizig‘ini chizishni taklif etmoqda. U obrazdagi eng yorqin urg‘u bo‘lishi kerak.

Tabiiy go‘zallik

Qalin, tabiiy, parvarish qilingan qoshlarimiz har doim bizning go‘zalligimizga ko‘rk qo‘shadi. Siz yorqin ranglar bilan pardoz qilganingizda qosh bo‘yash vositasidan kamroq foydalanishga harakat qiling. Buning uchun, shunchaki qoshlar shaklini ushlab turuvchi shaffof gelni ishlatishingiz mumkin.

Yuqori harorat

Ovozni eng yuqori darajaga ko‘taring – pardozingiz yanada dadil yechimlar bilan yangicha jaranglaydi. Pardoz ustalari ko‘z qovoqlari uchun yorqin rangli podvodkani taklif etishmoqda. Bu vosita orqali siz rang kuchini his etib, unutilmas qiyofa yaratasiz.

Team Credits:

  • Art Director, Photographer, Retoucher & Wardrobe Stylist: Levin Lee
  • Model: Ilenia Müller, No Models Management
  • Wardrobe Stylist: Jacqueline Denise Tamm
  • Make-Up Artist & Hairstylist: Hannah Weickert
  • Photography Assistant: Victoria Li
Maqolani baham ko'ring

Related articles