Chanel Grand Palais muzeyiga qaytmoqda

Brend 1-oktyabr kuni o‘z taqdimotini o‘tkazadi

Fotо: Spotlight

Fransiyaning Chanel modalar uyi Grand Palais muzeyiga yangi to‘plam namoyishi bilan qaytmoqda. Bu joyda Karl Lagerfeldning hayratlanarli ko‘rgazmalaridan biri o‘tkazilgan. Shou 1-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. 

Brend, shuningdek, mazkur joyda faqat Chanel namoyishlarini o‘tqazish uchun eksklyuziv huquqni saqlab qolish evaziga madaniy-ma’rifiy muassasa byudjetiga 30 million yevro ajratishni rejalashtirmoqda. 

Yaqinda modalar uyi ijodiy direktor o‘zgarayotganligi haqida xabar berdi. Yangi dizaynerning kim ekanligi hozircha ma’lum emas.

Maqolani baham ko'ring

Related articles