O‘qing, ilhomlaning va ilhomlantiring!

ELLE O‘zbekiston ilk bosma soni sotuvda!

ELLE xalqaro jurnalining safiga O‘zbekiston elliginchi davlat sifatida qo‘shildi. Jurnalning birinchi bosma soni 14-sentyabrdan taqdim etilib, sotuvga chiqarildi. Ayollar va ularning mayin kuchini namoyon etishga bag‘ishlangan nashr o‘zbek va rus tillarida chop etildi. Bu o‘zbek tilida nashr etiladigan birinchi xalqaro jurnal hisoblanadi.

Zamonaviy O‘zbekiston jamiyatidagi ayollarning o‘ziga xos hikoyalari, moda va go‘zallik sohasidagi yangi yo‘nalishlar hamda boshqa ko‘plab qiziqarli ma’lumotlarni ELLE O‘zbekiston jurnalining bosma nashrida topishingiz mumkin. Jurnal UZUM marketda, shuningdek, Bloom (TCM), Galmart va MCosmetic do‘konlarida sotuvda mavjud.

foto: Bobur Alimkhodjaev

Maqolani baham ko'ring

Related articles