Muhabbat ila teri haqida: tana uchun yog‘lar

Agar g‘amxo‘rlik qilsak, faqatgina chin ko’ngildan. Agar sevsak, hech narsani ayamasdan sevaylik

23 Sen 2024
Фото: iStock

Tana uchun moylar - bu oddiy parvarish emas, balki teriga g’amxo‘rlik qilishning haqiqiy san’atidir. Ular terini chuqur namlaydi, oziqlantiradi va uning teksturasini yaxshilaydi, ichki nur taratish va tashqi go‘zallik hissini uyg‘otadi.

Uyingizda SPA muhitini yarating: moylarning tinchlantiruvchi xususiyatlari va tarkibidagi antioksidantlar tufayli bu universal mahsulotlar terini qarish jarayonidan himoya qiladi, shuningdek, quruqlik va po‘st tashlashning oldini oladi.

Biz sizga namlangan va sog‘lom teridan zavqlanishingizga yordam beradigan tana uchun eng yaxshi beshta moy haqida ma’lumotlar tayyorladik. Keling, ularning afzalliklarini birgalikda ko‘rib chiqamiz va O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan sizning teri parvarishingiz uchun eng mos vositani topamiz.

Frangipani Monoi Body Oil, Elemis

Elemis brendining Frangipani Monoi body oil moyi bilan o‘zingiz uchun ekzotikani kashf eting. Bu moy mayin teksturaga ega bo‘lib, terini namlaydi va franjipani gullarining yoqimli ifori bilan to‘yintiradi. Past haroratda moy qotib qolishi mumkin, ammo uni iliq suv solingan idishga joylashtirish orqali osonlik bilan suyuq holatga qaytarish mumkin.

 

Atoderm Huile de Douche, Bioderma

Sezgir va ta’sirchan teri uchun Bioderma kompaniyasining Atoderm Huile de Douche vositasi eng maqbul tanlov hisoblanadi. Biolipidlar, RR vitamini va faol tarkibiy qismlar yordamida bu moy teringizni tashqi omillardan himoya qiladi hamda uning sezuvchanligini me’yorlashtiradi. U ham yuz, ham tana uchun mos kelib, nozik parvarishni ta’minlaydi.

 

Lipikar Cleansing Oil, La Roche-Posay

La Roche-Posay nafaqat tozalaydigan, balki terini parvarish qiladigan Lipikar Cleansing Oil yo‘nalishidagi vositani taklif qiladi. Unda teri qatlamini  mustahkamlaydigan va terini intensiv yumshatib, yumshoqlik va qulaylik baxsh etadigan patentlangan Aqua Posae Filiformis ingrediyenti, niatsinamid va karite moyi mavjud.

Amande Shower Oil, L'Occitane

Ajoyib iforli yumshoq namlangan terini orzu qilganlar uchun L’Occitane’dan Amande Shower Oil ajoyib yechim bo‘ladi. Bu ilohiy vosita o‘zining sehrli marsipan va bodom hidi bilan nom qozongan. Moy terini yumshatadi va foydalanishda tejamli: atigi bir tomchi moyning o‘zi quyuq ko‘pik hosil qilish uchun kifoya.

Monoi De Tahiti, Yves Rocher

Tabiiy yechimga e’tibor qarating - Yves Rocher kolleksiyasidagi Monoi De Tahiti, tarkibining 97,5 foizi sof Monoi de Tahiti moyidan iborat. U terini tropik hid bilan chulg‘ab, uni ajoyib tarzda oziqlantiradi. Polineziyaning qadimiy retseptlariga ko‘ra, bu moyni soch uchun niqob sifatida ishlatish mumkin, bu ularga elastiklik va yaltiroqlik beradi.

 

Maqolani baham ko'ring

Related articles