Gucci 2025-yil bahor-yoz kolleksiyasini namoyish etdi

Jo'shqinlik va 60-yillar

24 Sen 2024
Foto: SPOTLIGHT / Gucci

Milan san’at va dizayn muzeyida 2025-yil bahor-yoz to’plami ko’rgazmasiga bag’ishlangan shou namoyishi bo’lib o’tdi. Sabato de Sarno e’tiborini Gucci uyi arxivlari, 60-yillar va Jaklin Kennedi uslubiga qaratdi.

Tom Ford davridagi trikotaj ko‘ylaklarni hozirgi kreativ direktor drapirovka, oltin bambuk qo‘lqop va chokerlar bilan to‘ldirdi. To’q kulrang tonlardagi lakonik tasvirlar mumtoz ancoraga, qora va shokolad rangli – qadim Yunondagi shaffof to’r elementli liboslarga almashdi. Bordo rangidan tashqari, podiumni keskin laym rangi egalladi.

Foto: SPOTLIGHT / Gucci

Foto: SPOTLIGHT / Gucci

Obrazlarni Horsebit ramziga aylangan lofer modellariga ishora qiluvchi etiklar to’ldirib turdi.Gucci Flora bosilgan bandanalar ularga mantiqiy yakun yasadi.Horsebit haqida gapirganda, jamoa kurtkalar va mini yubkalardan iborat kostyumlarni qoplagan naqsh yaratdi.

Foto: SPOTLIGHT / Gucci

Ustki kiyim sifatida yaltiroq shokilali tikilgan paltolar ko‘zga tashlandi. Ularni Sabato de Sarno boks qo‘lqopi bilan kiyishni taklif qiladi.Ularni Sabato de Sarno boks qo‘lqopi bilan kiyishni taklif qiladi.

Ko‘rgazma 1986-yil xiti Non Voglio Mica La Luna bilan yakunlandi – nafaqat mehmonlar, balki podiumda modellar ham raqsga tushishdi.

Foto: SPOTLIGHT / Gucci

Foto: SPOTLIGHT / Gucci

Foto: SPOTLIGHT / Gucci

Foto: SPOTLIGHT / Gucci

Foto: SPOTLIGHT / Gucci

Foto: SPOTLIGHT / Gucci

Maqolani baham ko'ring

Related articles