Mukammal sochlar

Sochlaringiz doim jilokor ko‘rinishi uchun qanday vositalar va usullar haqida bilish lozim?

07 Iyun 2024

Fransiyada shunday deyishadi: “Chiroyli sog‘lom sochlarning o‘zi bir turmak”. Qizil yo‘lakchalardagi (oddiy hayotda ham) aktrisalar va modellarning sochlariga havas qilganimizda, gap faqatgina murakkab turmakda emasligini anglaymiz. Kasbining muhim qismi tashqi ko‘rinishi hisoblangan yulduzlar birinchi navbatda sochlari holatiga eʼtibor berishadi.

Stilistlar bilan ishlash barobarida ularga sochlarni aʼlo ko‘rinishda saqlash uchun yana nimalar yordam beradi?

Vositalar

Sochlarga shikast yetkazmasdan ularni parvarish qilish – usta sartarosh qo‘lidagi sanʼatdir. Asosiy o‘rin professional vositalarga qaratiladi. Ularni to‘g‘ri tanlash uchun soch teksturasini bilish kerak.

Masalan, yaltiroqlikka erishishda professional fenlar va jingalak qiluvchi qisqichlar yordam beradi. Shuning uchun xarid vaqtida salonlardagi mutaxassislar ishlatadigan brendlar va modellarga eʼtibor bering hamda maslahat so‘rashdan uyalmang.

Parvarish vositalari

Bio-organika vositalari, yaʼni maksimal tabiiylikka yaqinlashtirilgan kosmetika borligini hammamiz bilamiz, yana “tez samarali” keng tarqalgan vositalar ham mavjud.

Bozorda ko‘p uchramaydigan sof toza organik parvarishni tanlagan maʼqul. Bir zumda taʼsir qiladigan yaxshi mahsulotlarning markalari ham ko‘p, masalan, L‘Oréal yoki Pantene. Bunday vositalar jingalak  sochlaringizga taʼsir qilmaydi, balki bir zumlik samaraga ega kimyoviy mahsulotlardir. 

Qizil yo‘lakcha yoki suratga olishdan oldin yulduzlar sochlarini turmaklash uchun professional stilistlar sochlarni parvarish qilish vositalaridan foydalanishadi, bu ularga qanday samara kerakligiga bog‘liq – hajm, seksuallik, yaltiroqlik yoki tekstura. Ularga erishishda masalan, L‘Oréal Elnett Hairspray Normal yordam beradi. 

Oddiy kosmetikadan farqli ravishda bioorganik vositalar sochlarni chuqur tiklaydi. Shuning uchun sochlarga salomatlik va hayotiy kuchni qaytarishni istasangiz, Phyto Haircarega eʼtibor qarating, u sochlarni davolashda eng ishonchli brend, shuningdek, John Masters Organics va Maria Nila. 

Mukammal soch turmagi

Agar muhim hodisa oldidan soch turmagini reja qilgan bo‘lsangiz, ushbu kunda qandaydir stayling qilishdan oldin soch uchun konditsionerdan foydalaning. Chayish vositasidan keyin jingalak sochlar yumshoq, yaltiroq bo‘ladi, harakat qilishi osonlashadi va yaxshi turmaklanadi. Bir vaqtning o‘zida ko‘p mahsulotlarni qo‘llamaslikka harakat qiling – masalan, pastalar, spreylar yoki gellar, chunki natijada “kir” sochlar ko‘rinishiga ega bo‘lasiz. Sochlaringiz zararlangan bo‘lsa va alohida parvarishni talab qilsa, Phyto 7 Daily Hydrating Cream va Aveda damage remedy daily hair repair konditsionerlariga eʼtibor qarating.

Unsplash, Lera Kogan

Yarqirash

Sochlar rosmana yarqirashi uchun ularni to‘liq quritish zarur. Keyin har qanday teksturani tanlashingiz mumkin. 

Fen va brash dumaloq cho‘tkasi yordamida sochlarni uzunligi bo‘ylab quritishingiz va mayin qilishingiz mumkin. Aynan shu tufayli yaltiroqlik paydo bo‘ladi. Bundan keyin sochlarni jingalak qilish uchun ploykadan foydalanish mumkin, sochlar yana-da yaltirab turishi uchun esa yaltiroqlik beruvchi zardob suring. Masalan, sochlar uchun U Argan Oil argan moyi yoki Silk 21 Silk Repair & Shine Serum zardobi.

Sochlar salomatligini saqlaymiz 

Sochlaringiz turli taʼsirlarga bardoshli bo‘lishi uchun mutaxassislar boshni haftada bir martadan ko‘p yuvmaslikni tavsiya qilishadi. Ko‘p yuvsangiz, tolalar ingichkalashib boradi va taranglikni yo‘qotadi. Bunday oqibatni to‘g‘irlash va sochlarni tiklash uchun esa olti oy kerak bo‘ladi. 

Muqobil yechim – tabiiy xnadan foydalanish. U chindan ham sochlar uchun yaxshi himoyani yaratadi va hajm beradi, ammo undan keyin sochlarni boshqa rangga bo‘yash qiyin bo‘ladi. Bugun turli rangdagi xna kukunlarini topish mumkin va bunday rang oddiy bo‘yoq moddasidan ko‘ra ancha barqaror.

Maqolani baham ko'ring

Related articles