Ishonchli ko‘makchilar

Makiyaj uchun mo‘yqalam tanlaymiz

12 Iyun 2024

Mukammal makiyaj yaratishda professional ko‘makchilarsiz, yaxshi sifatli mo‘yqalamlarsiz ish bitmaydi. Uyda foydalanish uchun ular professional vizajdagidan kam bo‘lmagan ahamiyatga ega. Mo‘yqalamlar tanlovi juda keng, gohida o‘lchamlari, turlari va ishlab chiqaruvchi brendlari orasida adashib qolish hech gap emas. Nafaqat bo‘yanish stolimizni bezab turishi uchun, balki foyda keltiradigan vositalarni qanday tanlash kerak?

Rumyanalar uchun

 

Baʼzi kosmetika turlari, masalan, qovoq uchun tenlar yoki ko‘z uchun podvodkalar mo‘yqalam bilan birga sotiladi. Mashhur brend mahsulotini tanlagan bo‘lsangiz, deylik, Bobbi Brown tenlar paletkasini, ichidagi mo‘yqalamlar yetarli bo‘ladi.

Rumyanalar uchun esa alohida xarid qilish kerak. Rumyana kichik to‘rtburchak yoki dumaloq qutilarda sotiladi. Ularda mo‘yqalami chiqadi, ammo o‘lchami kichik bo‘lgani sababli undan foydalanish noqulay – yoki uydan boshqa joyda bo‘lganingizda makiyajni to‘g‘irlashga asqotar.

Nimani tanlash kerak? Rumyanalar uchun mo‘yqalam yonoqlaringizning eng yaxshi do‘stiga aylanishi lozim, shuning uchun qalin tukli, yumshoq va mayin, qulay dastalisiga hamda tuklari mustahkam o‘rnatilganiga eʼtibor bering (tuklari tushib ketayotganini xarid vaqtida sezish mumkin). Make Up, M.A.C, Bobbi Brown brendlari aʼlo mo‘yqalamlarni chiqaradi. Guerlainda kamyob turlari uchraydi – ular yuqori sifatidan tashqari antiqa bezagi bilan ajralib turadi. 

Tonal asos uchun

Vizajistlarning qo‘lining tepa qismiga bir tomchi tonal asosni surayotganini ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Bu vosita tana haroratiga moslashishi uchun zarur. Bu professional usulni eslab qoling – to‘g‘ri mo‘yqalam vositasida u nafaqat mukammal yuz tonini beradi, balki shaklni to‘g‘irlashga ko‘maklashadi. Yaxshi mo‘yqalam nimasi bilan farqlanadi? 

Kesilgan uchi, qulay dastasi, o‘ta yumshoq keng tuklari. Mo‘yqalam oson yuvilishi va o‘ziga tonal vositasini ko‘p shimdirmasligi kerak, shuning uchun sunʼiy tuklisi yaxshi variant bo‘ladi. Bunday mo‘yqalamni rumyanalar va bronzantlar uchun ishlatish mumkin, shu sababli u “uchtasi birda” xaridiga aylanadi.

Pudra uchun

Kabuki haqida xayol qildingizmi? Shubhasiz, haqsiz – bu shakl ko‘pchilik vizajistlarga yoqadi. Bunday mo‘yqalamni tanlasangiz yutqazmaysiz. Uzun dastali mo‘yqalam yoqsa, ushlashga qulayini tanlang. Shu bilan birga, tarang, yumshoq, pishiq, terida yaxshi sirg‘aluvchan, pudrani yaxshi shimdiradigan va bir tekisda suradigan bo‘lishiga eʼtibor bering. Yumshoq tukli pahmoq mo‘yqalam ishonchli ishlab chiqaruvchi tomonidan chiqarilgan bo‘lsa, pudrani surish jarayonini oson va qulay qiladi hamda uzoq muddatga ishonchli yordamchiga aylanadi. 

Qoshlar uchun

Unsplash, Edz Norton

Qoshlar mo‘yqalami tabiiy qoshlar uchun va kosmetikadan foylanmasangiz kerak bo‘ladi. Agar shaklni qalam yoki tush bilan chizsangiz, – bu vaziyatda u ayniqsa, zarur. Biz ikki tomonlama modelni maslahat beramiz, masalan, Bobbi Brown – qiyshiq kesilgan mo‘yqalam bilan yetishmaydigan tuklar o‘rnini chizish qulay, spiralsimon mo‘yqalam esa tuklarni tarashga va tepaga ko‘tarishga yordam beradi. Uni gelli podvodka-fiksator bilan foydalansa bo‘ladi. Ergonomik dastagiga eʼtibor bering. Bunday mo‘yqalamlar ham yaxshi va alohida variantlarini yapon brendi Shu Uemuradan izlang.

Mo‘yqalamlar to‘plamini xarid qilish mumkin (masalan, Chanel yoki M.A.C), ammo professional vizajist bo‘lmasangiz, asosiy vositalardan boshlang va imkon qadar keraklilarini yana xarid qiling. Hatto kam sonli to‘g‘ri tanlangan mo‘yqalamlar ham makiyajingizni yuqoriroq darajaga olib chiqa oladi.

 

Maqolani baham ko'ring

Related articles