Kuzda qanday vitaminlar immunitetingizni mustahkamlaydi?

Salqin mavsumda salomatlikni qo'llab-quvvatlash

Fotо: Unsplash

Kuzning boshlanishi bilan siz ob-havoning keskin o'zgarishi va kunduzgi soatlarning qisqarishi sabab immunitetning pasayishini his qilishingiz mumkin. Quruq havo va mavsum shamollari tufayli teringiz ham sochlaringiz kabi qo'shimcha yordamga muhtoj, shuning uchun bunday davrlarda sog'lig'ingizga g'amxo'rlik qilish va qishki sovuqqa obdon tayyorgarlik ko'rishingiz ayniqsa muhimdir. Vitaminlarni qabul qilish - bunday yordamning asosiy usullaridan biri.

D vitamini

Kuzda quyosh nurlari kamroq bo'ladi va bu D vitamini ishlab chiqarilishini kamaytiradi. Bu vitaminni qo'shimcha iste'mol qilish immun tizimini qo'llab-quvvatlashga yordam beradi, kayfiyatni yaxshilaydi va suyaklarni mustahkamlaydi.

Fotо: Unsplash

S vitamini

S vitamini kuchli antioksidant bo'lib, immun tizimini qo'llab-quvvatlaydi va organizmga shamollash va infeksiyalarga qarshi kurashishda yordam beradi. Bundan tashqari, u terining holatini yaxshilaydi: terining cho'ziluvchanligini oshiradi, unga jilo va tiniqlik beradi.

Fotо: Unsplash

B guruh vitaminlari 

Asosiy B guruh vitaminlari (B6, B12) charchoqni yengishga yordam beradi va miya-asab tizimi faoliyatini yaxshilaydi. Bundan tashqari, ushbu guruhdagi vitaminlar hujayralarning yangilanishini tezlashtiradi, shu orqali qarish jarayonini sekinlashtiradi va go'zallikni saqlaydi.

Fotо: Unsplash

E vitamini 

E vitamini "go'zallik vitamini" deb ham ataladi, chunki u immun tizimini mustahkamlash, terini erkin radikallarning zararli ta'siridan himoya qilish va uning holatini yaxshilashga yordam beradi.

Fotо: Unsplash

A vitamini (retinol)

Ushbu vitamin immun tizimini mustahkamlash jarayonida faol ishtirok etadi, terining va shilliq pardalarning salomatligini qo'llab-quvvatlaydi. Retinol teri hujayralari almashinuvini tezlashtiradi: hujayralar yangilanishini rag'batlantiradi, kollagen va elastin miqdorini oshiradi va giperpigmentatsiyaga qarshi kurashishda yordam beradi.

Fotо: Unsplash

Vitamin komplekslarini qabul qilishdan oldin ELLE O'zbekiston tahririyati shifokor bilan maslahatlashishni va zarur holatda tegishli tekshiruvdan o'tishni tavsiya qiladi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles