Podiumlardagi top-makiyajlar

Nyu-York, Milan va Parij bizga nimalardan so‘zlamoqda

06 Okt 2024
Foto: Spotlight / Yamamoto

Moda haftaliklari – bu nafaqat liboslar kolleksiyasi, balki butun mavsumga tus beradigan yangi byutitrendlarning ham namoyishi. Nyu-York, Milan va Parijdagi ko‘rgazmalarda vizajistlar turli xil: yorqin hamda avangarddan maksimal tabiiygacha bo’lgan obrazlarni taqdim etishdi. Ushbu makiyajlar go‘zallik olamida asosiy urg‘u bo‘ladi va aniq tajribalarga ilhomlantiradi.

Kreativ ko‘z chiziqlari

“Strelka”lar qayta tug‘ilmoqda. An’analardan voz keching – hozir kreativ shakllar, grafik chiziqlar va boy ranglar trendda. Ushbu trend nigohlarga dadillik va zamonaviylik urg‘usini beradi, tajribalar uchun zamin yaratadi. Biroz shaddodlik qo‘shmoqchimisiz? G‘ayrioddiy egri chizgilar va noodatiy ranglarni sinab ko‘ring.

Foto: Spotlight / Loewe 

Makiyajsiz makiyaj

Makiyajsiz makiyaj – bu, ehtimol, eng universal trend. Vizajistlar tabiiy go‘zallikka urg‘u berib, yangi, yorqin teri effektini yaratadilar. Minimal kosmetika, maksimal tabiiy porlash – minimalizm va tabiiy ko‘rinishni sevuchilar uchun mukammal tanlovdir.

Foto: Spotlight / Victoria Beckham

Aksent lablar

Bu mavsumda lablar obrazning asosiy detaliga aylandi. Klassik qizildan vino va rezavor ranglargacha bo‘lgan sof hamda yorqin ranglar podiumlarda ustunlik qiladi. Bunday makiyaj lablarni markaziy aksentga aylantirishga imkon beradi, hatto eng oddiy obrazga ham dadillik va jozibadorlik qo‘shadi.

Foto: Spotlight / Versace

Tabiiy qoshlar

Qoshlarning tabiiy shakli yana asosiy o‘rinlarda. Aniq kontur va chiziqlarsiz qalin, tabiiy qoshlar trendda. Vizajistlar fiksatorlar yordamida qoshlarga yengil tekstura va yumshoq shakl berish orqali tabiiy go‘zallikni osongina ifodalash mumkinligini namoyish etishadi.

Foto: Spotlight / Ralph Lauren

Yorqin ko‘zlar

Ko‘zlarning rang-barang pardozi – podiumdagi eng dadil trendlardan biri. Yorqin “ten”lar, neon chiziqlar, rangli “tush” – bularning barchasi nigohni boy va ifodali qiladi. Tajribani yaxshi ko‘radiganlar uchun bu trend dinamika va o‘ziga xoslik obrazini qo‘shib, haqiqiy topilmaga aylanadi.

Foto: Spotlight / Coperni

Jahonning yetakchi podiumlaridagi bunday makiyaj trendlari ijod chegara bilmasligini ko‘rsatmoqda. Tabiiy obraz yoki yorqin aksent tanlasangiz ham, eng muhimi, o‘zingizni ishonchli his qilish va o‘zligingizni ifodalashdir.

Maqolani baham ko'ring

Related articles