Miu Miu 2025-yil bahor-yoz kolleksiyasini namoyish etdi

Ikki qayiqning boshini tutishga urinish

07 Okt 2024
Foto: SPOTLIGHT / Miu Miu

An’anaga ko‘ra, Miuccia Prada Parijdagi moda haftaligini Miu Miu namoyishi bilan yakunlaydi. Londonlik rassom Goshka Makugi 2025-yil bahor-yoz mavsumi uchun to‘plam dizaynini yaratdi: u podium tepasiga gazetalar konveyerini joylashtirdi.

Namoyish oldidan tomoshabinlarga «Nozik zamonlar» gazetasida ishlovchi bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan noshirlar Patos va Logos haqidagi film taqdim etildi. G‘oya kolleksiyaga e’tiborni jalb qilishdan iborat edi: ikki tomonlama hayot kechirayotgan Miu Miu ismli qizning portreti ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan «work-life balance» haqida hikoya qiladi.

Foto: SPOTLIGHT / Miu Miu

Foto: SPOTLIGHT / Miu Miu

Podiumda ofis uslubidagi ko‘ylaklar, midi yubkalari va yelkasi erkak bichimli ayollar jaketlari va ikki rangli vetnamkalar bilan uyg‘unlashtirilgan sport cho‘milish kiyimlari bor edi. Miu Miu ishdan ketishga va sport bilan shug‘ullanishga yoki basseyn bo‘yida dam olishga tayyor ekanligini aniq namoyish etmoqda.

Yupqa va yaltiroq yubkalar getralar bilan to‘ldiriladi, to‘g‘ri midi ko‘ylaklar payetlar bilan bezatiladi, hammasi jemperlar, zamsh va charm kurtkalar, vetrovkalar va mavhum tasvirlar tushirilgan printli paltolar bilan yakunlanadi.

Foto: SPOTLIGHT / Miu Miu

Foto: SPOTLIGHT / Miu Miu

Foto: SPOTLIGHT / Miu Miu

Foto: SPOTLIGHT / Miu Miu

Foto: SPOTLIGHT / Miu Miu

Maqolani baham ko'ring

Related articles