Barbara Palvin
Moviy ko‘zli venger modeli 31 yoshda
Barbara Palvin – venger millatiga mansub mashhur model bo‘lib, o‘zining bolalik orzusini yashab o‘tmoqda. Yoshligidanoq mallasoch go‘zal televizor orqali modellik biznesi dunyosini kuzatgan. Orzusi ro‘yobga chiqa boshlaganida bo‘lajak yulduz 13 yoshda edi va onasi bilan sayr paytida uni “IMG models” xalqaro modellar agentligining ishga qabul qiluvchisi payqadi. Ota-ona qarshilik ko‘rsatmadi, chunki qizining o‘z maqsadlariga erishish istagini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashardi.
O‘sha 2006-yilning o‘zida hali 14 yoshga kirib ulgurmagan Barbara agentlik bilan shartnoma imzoladi va yaltiroq muqovali nashrlar hamda kiyim kataloglarida suratga tushish uchun Yaponiyaga ko‘chib ketdi. Shundan so‘ng, yosh model Amerika va Yevropa diqqat markaziga tushdi hamda uning kasb ufuqlari yanada kengaydi.
Palvinning podiumdagi debyuti juda yorqin bo‘ldi – 2010-yilda shaxsan Miuchcha Pradaning o‘zi Barbarani Milandagi namoyishni ochib berishga taklif qildi. Keyinchalik u Louis Vuitton, Loewe, Miu Miu, Nina Ricci va boshqalarning ham moda ko‘rgazmalarida ishtirok etdi. Karyeraning bunday jadal rivojlanishi modelga Chanel Beauty bilan shartnoma tuzishga olib keldi.
Victoria’s Secret’ning “farishtasi”ga aylanish orzusi modellik biznesi uchun g‘ayrioddiy edi. Barbara semira boshladi va muxlislar uni homiladorlikda gumon qildi. Biroq, ularning taxminlari o‘zini oqlamadi va Barbara o‘zining yangi vaznini qabul qildi, shundan so‘ng u Victoria’s Secret shousida “plus size” model sifatida chiqdi. Shunday qilib, xs o‘lchamidan plyusga o‘tgach, Palvin o‘z karerasida yangi yo‘nalishni egalladi. Bundan tashqari, u go‘zallik standartlari faqat o‘lchamlar bilan cheklanmasligini ko‘rsatib, ko‘plab qizlar uchun namuna bo‘ldi.

Palvin modellik karyerasidan tashqari Gollivudda ham o‘zini sinab ko‘rdi. Yulduzning filmografiyasidan ikki kartina joy olgan: “Gerakl” va “Yo‘lbars, o yo‘lbars”. Bundan tashqari, Barbara o‘zining “Palvini” poyabzal brendiga ega.