Louis Vuitton 2025-yil bahor-yoz kolleksiyasini namoyish etdi
Uyg‘onish davri
Nikolya Jeskyer «Louis Vuitton» ayollar yo‘nalishining kreativ direktori lavozimidagi o‘zining o‘n yilligini nishonladi va 2025-yil bahor-yoz kolleksiyasini taqdim etdi. «Jamie xx Dafodil» taronasi ostida u shou tomoshabinlarini vaqt bo‘ylab sayohatga jo‘natdi.
Uyg‘onish davri bahor-yoz kolleksiyasini yaratish uchun boshlang‘ich nuqtaga aylandi. U Luara vodiysida o‘zining ko‘p asrlik qal’alari bilan o‘sgan dizayner yo‘lining timsolidir.
Podiumda buf-yenglar, munchoq qadalgan baxmal jaketlar, ixcham belli yon tomondan shimarilgan kurtkalar bor edi. Nikolyaning barcha pozitsiyalari sport velosipedkalar, cho‘milish kiyimlari, futuristik ko‘ylaklar, qo‘pol sandallar va katta hajmdagi titilgan ko‘rinishdagi sumkalar bilan uyg‘unlashtirdi.
Bel qismi pastda joylashgan qovurg‘ali trikotaj ko‘ylaklarni eslatuvchi yengil bluzkalarni aniq nom bilan belgilash qiyin, lekin aynan shunday vazifani Nikolya o‘z jamoasi oldiga qo‘ygan – tasvirlab bo‘lmaydigan narsani yaratish. Ko‘rgazmaga fransuz rassomi Loran Grassoning «O‘tmishni o‘rganish» turkumidagi rasmlari tushurilgan kurtkalar bilan yakun yasaldi.