Kuzgi qizdiruvchi ichimliklar

“Kuzgi tushkunlik”ni yengishga yordam beradigan to‘rtta isituvchi ichimlik

Фото: Pexels

Kuz kirib kelishi bilan ko‘pchilik mavsum tushkunligi va kuchsizlikka duch keladi. Bunday paytlarda kuzgi qaynoq ichimliklar yordamga kelishi mumkin. Shu bilan birga, o‘z ratsioningizga immunitetni oshiradigan mahsulotlarni iloji boricha ko‘proq qo‘shish juda muhimdir. 

Oltin sut (kurkumali sut) 

Фото: Freepik

Nam va sovuq ob-havoda sizga eng keraklisi bu – oltin sut. Ushbu ichimlik ko‘plab foydali, shifobaxsh va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega. Sizdan kurkuma, sut, zarang sharbati (yoki uning o'rniga asaldan foydalanish mumkin), dolchin va bir chimdim qora murch aralashmasini pishirish talab etiladi. Bu tinchlantiruvchi ichimlikni uxlashdan oldin ham ichsa bo‘ladi. Ustiga ustak, uning ta’mi ajoyib!

Masalliqlar:

  • 0,5 l sut
  • 1⁄4 choy qoshiq qora murch
  • 1 choy qoshiq kurkuma
  • 2 osh qoshiq zarang sharbati/asal
  • 1⁄4 choy qoshiq maydalangan dolchin

 Xohishga ko‘ra

  • 1/2 osh qoshiq kokos yog‘i
  •  aromatik yoki qo‘shimcha ziravorlar: zanjabil, kardamon yoki vanil ekstrakti.

Barcha masalliqlarni qozonchaga solib, o‘rtacha olovda qaynatib oling. Shundan so‘ng, xushbo‘y hidlar bir-biriga qo‘shilishi uchun past olovda 10 daqiqa davomida qaynating.

 Chakanda (oblepixa) choyi

Фото: Freepik

Chakanda choyi – kuz-qish mavsumida juda mashhur. U antioksidantlar hamda vitaminlarga boy va mazali. Ichimlik yurak salomatligini saqlashga yordam beradi va immunitet tizimini mustahkamlaydi. S vitaminining yuqori miqdori tufayli hujayralarda kollagen ishlab chiqishiga yordam beradi va terini sog‘lom, elastik saqlaydi, unga tabiiy yorug‘lik beradi. Shuningdek, u terining ta’sirlanishini, qizarish, qichishishni kamaytiradi va tuzalishga yordam beradi.

Chakanda choyini qanday damlash kerak:

Ekindan 150 g olib, uni maydalang. Buning uchun yaxshisi hovonchadan foydalanish kerak. Olingan pyurega 2 osh qoshiq qora (hidsiz) choy qo‘shiladi. So‘ngra 2 ta dolchin tayoqchasini qo‘shing. Hammasiga qaynoq suv quyib, 5-6 daqiqaga qoldiramiz. Choyni asal bilan birga taqdim eting. Yuqori haroratda asal o‘z xususiyatlarini yo‘qotadi, shuning uchun uni oxirida (dasturxonga tortishdan oldin) qo‘shish tavsiya etiladi.

Yong‘oqli issiq shokolad

Фото: Freepik

  • Sut 250 ml
  • Kakao kukuni 1 osh qoshiq
  • Shokolad 50 g
  • Yong‘oqlar 50 g
  • Jigarrang shakar 1 osh qoshiq
  • Yong‘oqni maydalab, kakao kukuni va shakar bilan aralashtiring.
  • Kichikroq idishga sut quying. Uni qizdiring va shokolad bo‘laklarini qo‘shing.

Shokolad sutda butunlay erigandan so‘ng, unga kakao kukuni, yong‘oq aralashmasini qo‘shing va 2-3 daqiqa qaynating.

Ichimlikni olovdan oling.

Lazzatlaning!

Issiq matcha choyi

Фото: Freepik

Ushbu issiq ichimlikni tayyorlashning an’anaviy usuli maxsus asboblar to‘plamini o‘z ichiga oladi. Dastlab sizga match kukunining o‘zi, maxsus piyola yoki chashka hamda bambuk aralashtirgich, choy qoshiq va issiq suv kerak bo‘ladi.

 3 choy qoshiq matcha kukunini piyola yoki chashkaga seping.

Eng yaxshisi buloq suvi yoki filtrlangan suvdan foydalanish kerak. Kukunni pastaga aylantirish uchun ozgina suv (75-80 daraja) qo‘shing.

Keyin yana ozgina issiq suv qo‘shing va ko‘pik hosil bo‘lgunga qadar tez aylanma harakatlar bilan matchni aralashtiring.

Qaynoq ichimlikdan bahramand bo‘ling!

Maqolani baham ko'ring

Related articles