Ilhombaxsh so‘zlar

Buyuk ayollar moda, go‘zallik va hayot haqida nimalar deyishgan

Fotо: Instagram / rareaudreyhepburn

Turli davr va madaniyatlar ayollari bizga nafaqat o‘zlarining buyuk yutuqlarini, balki hayot, sog‘liq, go‘zallik va uslub haqidagi chuqur fikrlarini ham qoldirdilar. Ularning so‘zlari o‘zgarishlarga ilhomlantiradi va kundalik hayotga yangi istiqbol bilan qarashga imkon beradi.

Hayot yo‘li va taraqqiyot haqida

“O‘tmishga eshikni yopibgina kelajakka darcha ochish mumkin”, – fransuz yozuvchisi Fransuaza Sagan.

“Haqiqiy ayol hayajonlanmaydi, balki hayajonlantiradi”, – nemis aktrisa va qo‘shiqchisi Marlen Ditrix.

“Sizning yo‘lingizni noto‘g‘ri deyishsa, bu sizning o‘z yo‘lingizdan borayotganingizni anglatadi”, – amerikalik aktrisa va model Angelina Joli.

“Agar siz hech qachon ega bo‘lmagan narsangizni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lsangiz, hech qachon qilmagan ishingizga qo‘l urishingiz kerak”, – fransiyalik modelyer Koko Chanel.

Go‘zallik haqida

“Go‘zallik – bu sizning ichki hissiyotlaringiz va uning ko‘zlaringizda aks etishi”, – italiyalik aktrisa va model Sofi Loren.

“20 yoshingizda tabiat sizga bergan go‘zallikni, 30 yoshingizda o‘zingiz yaratgan go‘zallikni, 40 yoshingizda esa o‘zingiz munosib bo‘lgan go‘zallikni ko‘rasiz”, – fransiyalik modelyer Koko Chanel.

“Elegantlik hech qachon so‘nmaydigan yagona go‘zallikdir”, – aktrisa, kino va moda arbobi Odri Xepbern.

“Kelajak o‘z orzusining go‘zalligiga ishonganlarga tegishli”, – jamoat arbobi va AQSh birinchi xonimi Eleanora Ruzvelt.

Moda va uslub haqida

“Ayolga bir juft yaxshi tufli bering, u dunyoni zabt etadi”, – amerikalik aktrisa va model Merilin Monro.

“Hashamat qulay bo‘lishi kerak, aks holda bu hashamat emas”, – fransiyalik modelyer Koko Chanel.

“Uslub – bu siz yashashga qaror qilgan yo‘l”, – franko-amerikalik moda muharriri Diana Vriland.

“Modadan ilhomlanish mumkin, ammo uslub – bu faqat sizga tegishli narsa”, –  amerika-dominikanolik modelyer Oskar de la Renta.

Salomatlik va turmush tarzi haqida

“Go‘zallik va salomatlik o‘zingizga bo‘lgan muhabbatdadir”, – meksikalik rassom Frida Kalo.

“Yaxshi so‘zlar aytayotgan og‘izlar naqadar go‘zal. Odamlardan yaxshilik axtaradigan ko‘zlar chiroyli. Ehtiyojmandlar bilan ovqat baham ko‘radigan odamning qomati chiroyli bo‘ladi”, –  kino va moda namoyandasi, aktrisa Odri Xepbern.

“Qarilik muhabbatdan himoya qilmaydi, lekin muhabbat qarilikdan himoya qilishi mumkin”, – fransiyalik dizayner Koko Chanel.

“Depressiyaning eng yaxshi davosi – hayotdagi o‘zgarishlar”, – meksika-amerikalik aktrisa va prodyuser Salma Xayek.

Maqolani baham ko'ring

Related articles