Zara va Nanuska hamkorlikda kapsula ishlab chiqaradi
Undan erkaklar kiyimlari, aksessuarlar va uy jihozlari joy oladi
Zara va Nanuska brendi qo‘shma kapsula ishlab chiqaradi. Kolleksiyaga erkaklar kiyimlari, aksessuarlar va uy jihozlari kiradi.
Kiyimlar qatorida tekstil jaketlar, burmali shimlar, jun palto, trikotaj sviterlar va fleys kostyumlar ham bor.
Smoladan yasalgan bezaklar va zargarlik buyumlari aksessuarlar qatorini tashkil etadi. Ular orasida kumush uzuklar, kaffalar, sirg‘a va marjonlar ham bor.
Uy to‘plamiga qo‘lda naqsh solingan sopol buyumlar, qayta ishlangan alyuminiydan patnislar va shamdonlar, shamlar, marmar jurnal stollari, rotang buyumlari, shuningdek, gilamlar va dekorativ yostiqlar kiradi.
Zara x Nanuska qo‘shma kapsulasi 28-oktyabr kuni Zara do‘konlarida va onlayn sotuvga chiqadi.