Kuz uchun trend makiyajlar

Jigarrang tush, sovuq tenlar va rumiyanalarni to‘plashning nima keragi bor?

02 Noy 2024
Foto: Freepik

2024-yilda beauty-sanoat rang-barang tendensiyalar bilan to‘ldirilib, ta’sirchan kipriklar va yorqin aksentlar modaga qaytdi.

90-yillardagi moda qoidalari yana dolzarb va jigarrang tush, ayniqsa, qo‘g‘irchoq effektini yaratadigan ko‘p qatlamli bo‘yoq ko‘z pardozining asosiy aksentiga aylanadi.

Ifodali kipriklar

Agar siz ilgari pardoz qilishda yorqin ranglaridan qochgan bo‘lsangiz, endi biroz rang qo‘shish vaqti keldi. Rangli tush bilan tajriba o‘tkazib ko‘ring, uni ko‘zning rangiga moslab tanlang. Masalan, yashil ko‘zlilarga zumrad effektni yaratish uchun jigarrang va yashil tuslar, qora yoki jigarrang ko‘zlar uchun esa ko‘k, to‘q qizil va binafsha ranglar mos keladi.

Ko‘z uchun makiyaj

Bir necha yillik mutlaq iliq ranglar tendensiyasidan so‘ng, sovuq ranglar 2024-yil kuzgi pardozning o‘zgarmas atributi hisoblanadi. Dior va Chanel tenlari to‘plamida yashil, kulrang, burgund va ko‘k ranglarning keng palitrasini uchratish mumkin. 90-yillarning granj estetikasi yana qaytib, o‘zining ulkan yurishini davom ettirmoqda. Aytgancha, ko‘zning bunday pardozi bir oz “nam” va yorqin teri bilan uyg‘unlashadi, uni ko‘pincha Nyu-York va Parijdagi moda ko‘rgazmalaridagi modellarda ko‘rish mumkin.

Tabiiylikni afzal ko‘rganlar uchun kulrang, zaytun va zumradning tutunsimon ranglari mos keladi – bunday kombinatsiyalar nafis obraz yaratishga yordam beradi. Oddiy, ammo zamonaviy makiyaj uchun ko‘zda kumush qalam va kiprik uchun yashil tush kombinatsiyasini sinab ko‘ring.

Tabiiy yuz rangi

Aksentli ko‘zlar bilan uyg‘un qiyofa uchun parvarishlangan, yaltiroq teri – bu  aynan zarur narsa… Yengillik, tabiiylik va qulaylik tabiiy pardozga yondashuvning asosiy tarkibiy qismidir. To‘q ranglardan qoching va yengil teksturalarga ustunlik bering. Kamchiliklarni berkitib bo‘lgach, yuzni yangilash uchun biroz rumyana qo‘shib, pushti yoki shaftoli rangdagi lab bo‘yog‘ini ishlating. Yakuniy shtrix tush bo‘ladi.

 

Mono-makiyaj

Mono-makiyaj amaliy va minimalistik yondashuvni taklif qilish orqali trendlar orasida o‘z o‘rnini mustahkamladi. Bu nafaqat qulay – lablar, yanoqlar va ko‘zlar uchun bitta mahsulot – balki universal ham: sevimli rangdagi rumyana yoki lab bo‘yog‘i stiklari ortiqcha kuch sarflamasdan haqiqiy go‘zallik obrazini yaratishga imkon beradi.

Ta’sirchan rumyana

Yorqin rumyana tendensiyasi kuz mavsumida ham dolzarbligicha qolmoqda. Stik, suyuqlik yoki kukun ko‘rinishidagi rumyanalar – bu yil haqiqiy must-have. Yuzingizga xuddi ochiq havoda sayr qilgandek tetiklashtiruvchi ta’sir berish uchun ulardan saxiylik bilan foydalaning.

Lab uchun makiyaj

Yaltiroq effektga yaltiroqlik yoki nam finishli lab bo‘yog‘i yordamida erishiladi, bu lablarni vizual ravishda kattalashtirib, makiyajni yakunlaydi. Sovuq podtonli teri bilan dolzarb honey va rose tuslari va qizil lab bo‘yog‘i qiyofani butkul o‘zgartiradi va tabassumni vizual ravishda oqartiradi. Yanada barqaror natija uchun yaltiroqdan oldin konturli qalam bilan chizing. Jasoratli aksentlarni qidirayotganlar uchun gotik ranglar mos keladi – pishgan olchaning chuqur rangidan to to‘yingan qora-qizil ranggacha, obrazga mavsum ruhida jasorat va dolzarblik bag‘ishlaydi.

  

Maqolani baham ko'ring

Related articles