Kuz – ilhom manbai

Mavsumiy tushkunlikni bartaraf etish va kundalik hayot bir xilligini yengillashtirishga oid maslahatlar

Fotо: Pexels

Kuz kelishi bilan tabiat yangi tusga kiradi, ko‘pchiligimiz esa kuch va kayfiyatimizning pasayishini his qilamiz. Bunday paytlarda kuzni yorug‘lik va quvvat bilan to‘ldirish, uni yangilanish mavsumiga aylantirish ayniqsa muhimdir. Bu o‘zgarishlar davri o‘sish imkoniyati va yangi taassurotlar manbai bo‘lishiga harakat qiling.

 Ko‘proq kun yorug‘ligi

Kuz va qish fasllarida kunning yorug‘ vaqti qisqaradi, bu esa uyqu va tetiklikni tartibga soluvchi melatonin gormoni darajasiga ta’sir qiladi. Ayniqsa quyoshli kunlarda, kamida 20-30 daqiqa tashqariga chiqishga harakat qiling. Agar tabiiy yorug‘lik yetarli bo‘lmasa, quyosh nurini taqlid qiluvchi chiroqlar yordamida yorug‘lik terapiyasini qo‘llashni sinab ko‘ring. Bu, ayniqsa ertalab, tanani “uyg‘otish” uchun juda qo‘l keladi.

Fotо: Pexels

Muntazam jismoniy mashqlar

Jismoniy faollik kayfiyatni ko‘taradigan endorfinlar ishlab chiqarilishiga yordam beradi. Hattoki qisqa sayrlar, yoga yoki uyda yengil badantarbiya ham o‘zingizni yaxshi his qilishingizga sabab bo‘lishi mumkin. Kundalik hayotingizga ko‘proq harakat qo‘shishga urining - bu nafaqat jismoniy holatga ta’sir qiladi, balki ruhiy salomatlikni ham yaxshilaydi. 

To‘g‘ri ovqatlanish

Kuz va qish fasllarida tanaga ko‘pincha ko‘proq energiya kerak bo‘ladi, shuning uchun biz shirin va kaloriyali taomlarni xohlaymiz. Ammo muvozanatli ovqatlanish kayfiyat o‘zgarishlarining oldini olishga yordam beradi. Ratsioningizga D vitamini miqdori yuqori bo‘lgan mahsulotlarni (baliq, tuxum) va magniy ko‘p bo‘lgan mahsulotlarni (ismaloq, yong‘oq, banan) qo‘shing - bular asab tizimini yaxshilaydi. Meva va sabzavotlar ham muhim, chunki ular tarkibida vitaminlar va antioksidantlar mavjud.

Fotо: Unsplash

Uyqu tartibini saqlash

Har kuni bir xil vaqtda uxlang va uyg‘oning. Yaxshi uyqu organizmning tiklanishiga yordam beradi. Uyqudan oldin gadjetlardan foydalanishdan saqlaning, chunki ko‘k nur gormonlar ishlab chiqarilishini buzishi va xavotir hissini oshirishi mumkin. 

Xobbi va yangi qiziqishlar

Ko‘pincha tushkunlik bir xillik va kundalik hayot oqimini his qilishdan kelib chiqadi. Yangi narsalarni sinab ko‘ring, masalan, yangi taom tayyorlash usullarini o‘rganing, kitob o‘qing, ijodiy faoliyat bilan shug‘ullaning. Zavq beruvchi mashg‘ulotlar stress darajasini pasaytiradi va g‘amginlikni yengishga yordam beradi.

Foto: Pexels

Meditatsiya va anglash amaliyoti

Meditatsiya mashqlari, nafas olish mashqlari va hatto o‘z holatini oddiy kuzatish ham xavotir va taranglikni kamaytirishga yordam beradi. Kelajak haqidagi salbiy fikrlar yoki o‘tmishdagi xatolarga e’tibor bermay, hozirgi paytga diqqatni jamlashni o‘rganing.

Yaqinlar bilan muloqot

Do‘stlar va oila a’zolarining qo‘llab-quvvatlashi ajoyib boylik bo‘lishi mumkin. Kayfiyatingizni ulashing, birgalikda harakat qilishni rejalashtiring yoki shunchaki dildan suhbatlashing. Agar o‘zingizni yolg‘iz his qilsangiz, psixologga murojaat qilishingiz mumkin - mutaxassis aynan sizga mos keladigan usullarni tavsiya etishi mumkin.

Maqolani baham ko'ring

Related articles