Chang‘i, snoubord va unutilmas manzaralar
Bu qishdagi mashhur kurortlar
Qish – tog‘lar qorli cho‘qqilari bilan maftun etadigan, yonbag‘irlar esa yangi sarguzashtlar uchun mukammal maydonga aylanadigan vaqt. ELLE O‘zbekiston tahririyati sizning faol qorli dam olishingiz uchun ushbu qishning mashhur tog‘-chang‘i dam olish maskanlarini taqdim etadi.
Toshkent viloyati, O‘zbekiston
Amirsoy Resort – O‘zbekistondagi zamonaviy qishki tog‘-chang‘i kurortlaridan biri bo‘lib, Toshkentdan 65 km uzoqlikda joylashgan. Dam olish maskanida turli darajadagi 10 ta murakkablikdagi trassa, shinam yog‘och uylar, qishki sport turlari uchun liftlar va infratuzilma mavjud. Bundan tashqari, bu yerda yangi chang‘ichilar va snoubordchilar uchun o‘quv maktablari va shaxsiy murabbiylar, uskunalarni ijaraga berish punktlari, restoranlar va kafelar mavjud. Mehmonlar chanada, tyubingda va qorda sayr qilishdan ham bahramand bo‘lishlari mumkin.
Oloyorti Olatov, Qozog‘iston
Qozog‘istonning eng mashhur tog‘-chang‘i kurortlaridan biri – Shimbuloq Olmaotadan atigi 30 daqiqalik masofada joylashgan. Kurort o‘zining xushmanzarasi, ham boshlang‘ich, ham professional darajadagi chang‘ichilar va snoubordchilar uchun mos keladigan trassalarning xilma-xilligi bilan mashhur.
Shimbuloqda turli xil murakkablikdagi 8 ta trassa mavjud bo‘lib, eng uzuni 3,2 km.gacha cho‘zilgan. Kurort o‘zining zamonaviy infratuzilmasi bilan mashhur: mehmonxonalar, restoranlar, spa-markazlar va hatto an’anaviy qozoq o‘tovlarida yashash imkoniyati mavjud. Shuningdek, kurortda tungi uchish tizimi ham mavjud – bu 3200 metr balandlikda joylashgan dunyodagi eng baland tungi uchish trassalaridan biridir.
Kolorado, AQSH
Aspen tog‘-chang‘i kurorti Kolorado qoyali tog‘larida joylashgan. Hudud to‘rtta alohida chang‘i uchish zonasini o‘z ichiga oladi: Aspen Mountain, Aspen Highlands, Buttermilk va Snowmass, ular turli relyeflarga ega bo‘lib, barcha turdagi sayohatlar uchun bitta abonementda mavjud.
Tog‘ chang‘isi sportidan tashqari, Aspen o‘zining hashamatli uy-mehmonxonalari va yuqori darajadagi servisga ega restoranlari bilan mashhur bo‘lib, bu uni qishki sport shinavandalari va tog‘da hashamat bilan dam olishni istaganlar uchun ham eng yaxshi manzilga aylantiradi.
Kurshavel, Fransiya
Kurshevel – Alp tog‘larida mashhur “Uch vodiy” zonasida joylashgan Fransiyaning eng nufuzli tog‘-chang‘i kurortlaridan biri. Ushbu kurort o‘zining birinchi darajali trassalari, hashamatli mehmonxonalari, jumladan, Mishlen yulduzlari ega betakror restoranlari va lyuks brendlar butiklari bilan mashhur.
Kurortdagi trassalar barcha darajadagi chang‘ichilar uchun mos keladi – boshlang‘ichlaridan tortib to professionallargacha. Bu yerda 150 km.dan ortiq tog‘ yonbag‘irlari va 100 ga yaqin turli xil murakkablikdagi trassalar mavjud. Kurshevel o‘zining boy madaniy dasturi va faol tungi hayoti bilan ham mashhur. Mavsumda bu yerda mushakbozlik va jonli musiqa bilan keng ko‘lamli bayramlar o‘tkaziladi.
Sankt-Morits, Shveysariya
Bu o‘zining hashamati, tarixi va birinchi darajali trassalari bilan mashhur bo‘lgan afsonaviy tog‘-chang‘i kurortidir. U Yuqori Engadinada 1856 m balandlikda joylashgan va yil davomida quyoshli ob-havo bilan mashhur. Ushbu kurort nafaqat 1864-yildan boshlangan qishki turizm beshigi, balki ikkita qishki Olimpiya o‘yinlari (1928 va 1948) o‘tkazilgan joy hamdir.
Sankt-Moritsa hududida 350 km.ga yaqin chang‘i trassalari mavjud. Chang‘i uchishdan tashqari, kurort eksklyuziv restoranlar, termal buloqlar va hashamatli mehmonxonalarni taklif qilib, bu uni yulduzlar va jahon yetakchilari orasida mashhur qiladi.
Shladming, Avstriya
Avstriyaning eng mashhur tog‘-chang‘i kurortlaridan biri – Shladming, Shtiriyada joylashgan. Ski Аmadé konkida uchish zonasiga kiradi va o‘zining uzun trassalari, zamonaviy ko‘targichlar va tajribali chang‘ichilar hamda boshlang‘ich darajadagi chang‘ichilar uchun turli xil mashg‘ulotlari bilan mashhur.
Kurort o‘zining tungi chang‘i poygasi – The Nightrace bilan ham mashhur bo‘lib, u tog‘ chang‘isi bo‘yicha Jahon kubogining bir qismidir. Bundan tashqari, bu yerda turli xil musiqa festivallari o‘tkaziladi va sayyohlar chang‘ida uchgandan so‘ng, ularni an’anaviy Avstriya taomlariga boy shinam kulbalar va restoranlar kutadi.