Hublot va Takasi Murakami sapfir shishasidan yasalgan soat-haykalni taqdim etdilar
“Tabassum qilayotgan gul” 444 ta qimmatbaho toshlar yog‘dusida
Shveytsariyaning Hublot ishlab chiqaruvchisi va yaponiyalik rassom Takasi Murakami eksklyuziv MP-15 Takashi Murakami Tourbillon Sapphire Rainbow modelini taqdim etdi. U zamonaviy san’at va soat ustaligi uyg‘unligini o‘zida mujassam etgan haykal shaklida ishlangan.
Dizayn uchun ilhom manbai Murakamining ramziy belgisi — 444 ta turli rangli qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan va sapfir shishasida mujassamlangan “tabassum qilayotgan gul” bo‘ldi. Gulning har bir elementi titandan yasalgan va yoqut, sapfir, ametist, topaz va savorit bilan bezatilgan. Yorqin ranglar va yaltiroq qirralar butun kompozitsiyani jonlantiradigan yog‘dular o‘yinini yaratadi.
MP-15 markaziy turbinali Hublot’ning birinchi modelidir. Uning kalibr mexanizmi tom ma’noda yengillik va vaznsizlik taassurotini to‘ldiradi. Turbion ikki yarqiroq ko‘z va tabassum ko‘rinishidagi o‘yma naqshlar bilan bezatilgan bo‘lib, ular har bir qarashda jonlanadi.
Diametri 42 mm bo‘lgan Takashi Murakami Tourbillon Sapphire Rainbow MP-15 soatlari cheklangan 20 nusxada ishlab chiqariladi. Takasi Murakami tomonidan bezatilgan shaffof tasma va titan elementlari bo‘lgan sapfir shishasidan yasalgan korpus modelning innovatsionligini ta’kidlaydi.
Hublot va Takasi Murakami hamkorlikni 2021-yilda boshlagan, ular odatiy chegaralarni buzish va aql bovar qilmas g‘oyalarni amalga oshirish istagi bilan birlashgan. MP-15 soatlari ushbu ijodiy do‘stlikning ramzi va “Only Watch 2023” xayriya auksionining eng yorqin modellaridan biriga aylandi.
Hublot – inqilobiy yondashuvi bilan mashhur brend. 1980-yilda Shveytsariyaning Nyon shahrida tashkil etilgan manufaktura boshidanoq o‘z soatlarida oltin va kauchuk kamarni birlashtirdi, bu esa Art of Fusion davrining boshlanishi bo‘ldi. Bugungi kunda kompaniya o‘zining “Birinchi, noyob va betakror bo‘lish”, degan falsafiy tamoyiliga sodiq qolib, soatsozlik an’analarini qayta ko‘rib chiqishni davom ettirmoqda.
Ekskluziv MP-15 Takashi Murakami Tourbillon Sapphire Rainbow modeli Hublot butiklarida va butun dunyo bo‘ylab rasmiy dilerlarda mavjud.