Renessans stili: 2024 yil bahor va yoz oylarida krujevali liboslar kiyamiz

Mavsumning jozibali trendi

11 Iyun 2024

Nozik to‘r-krujeva bu yilgi yozgi mavsumning asosiy trendlaridan biriga aylandi. Har qanday ko‘rinishni yanada nazokatli qiladigan katta naqshli to‘rlar ustuvorlikka ega. 

Bu trendning namoyon bo‘lishinii alohida elementlarda yoki butun obrazlarda payqashimiz mumkin. To‘rli naqshlarni stilga tadbiq qilishning eng samarali usuli bu kontrastlar o‘yinidir. Misol uchun, yubkani erkaklar yelkasi bichimidagi pidjak bilan, va minimalist poyabzal bilan obrazni to‘ldirishingiz mumkin. To‘rli shimni esa katta hajmli yengil kardigan yoki oversayz futbolka hamda krossovkalar bilan ham kiyishingiz mumkin. 

Jinsilar yoki shimlar ustidan kiyiladigan skauzlar ham ko‘rinishga rang-baranglik qo‘shadi. Agar siz noyob obrazingizga o‘yinqaroqlik kayfiyatini qo‘shmoqchi bo‘lsangiz, bu ajoyib usul siz uchun ayni muddao. Asosiysi, assimetrik etaklari yoki burmalari bo‘lgan siluetlarni tanlang.

Krujevali ustki kiyimni kontrastli pastgi kiyim bilan uyg‘unlashtirgan ma’qul: charm yubka yoki keng jinsi. Poyafzal ham ixcham, ham dangal variantlarda bo‘lishi mumkin - masalan, leopard naqshli.

Shuningdek dizaynerlar to‘liq to‘rdan ishlangan ko‘rinishlarni ham taklif qilishmoqda. Romantik yozgi kayfiyat uchun bundan mukammalroq ko‘rinish bo‘lmasa kerak! Bu ko‘rinish nafaqat shortikli ko‘ylaklarni balki uzun ko‘ylaklarni ham o‘z ichigan olishi mumkin. Aytgancha, yirik kurjevali yengil rubashka har qanday obrazga chiroy qo‘shishi mumkin: mini yubka hamda chiroyli yozuvli futbolka yoki kosyum-shim bilan ham kiysangiz bo‘ladi.

Krujevali ko‘ylakni har kuni krossovkalar bilan kiysangiz bo‘ladi, baletkalar bilan esa teatrga, uchrashuvga yoki dugonalar uchrashuviga kiyib borishingiz mumkin.

Krujeva - nafis to‘r tanlangan obrazlarning har biriga joziba qo‘shadi va stil yaratishda hech qanday qiyinchiliklar tug‘dirmaydi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles