2025 “Oltin globus”ning eng yaxshi obrazlari

Butun diqqat qizil yo‘lakda

06 Yan 2025
Foto: elleusa

2025-yilning ilk yorqin voqeasi “Oltin globus” mukofotini topshirishning 82-marosimi bo‘lib o‘tdi. An’anaga ko‘ra, u Kaliforniyadagi “The Beverly Hilton” mehmonxonasida o‘tkazildi. Tadbirni stendap-komik Nikki Gleyzer olib bordi.

Qizil yo‘lak e’tiborni o‘ziga tortdi va yangi trendlarni belgilab berdi. Ular orasida yorqin obrazlar, arxiv ishlari nafasi va albatta qizil rang mavjud. “Substansiya” filmidagi roli uchun “Komediya yoki musiqiy filmdagi eng yaxshi aktrisa” mukofotini qo‘lga kiritgan Demi Mur metall tusidagi Armani Prive libosini tanladi. Louis Vuitton kiygan Keyt Blanshett oltin rangga bo‘lgan trendni qo‘llab-quvvatladi - Keyt bu libosni 2024-yildagi Kann kinofestivalida ham kiygan edi.

Foto: instagram/elleusa

Foto: instagram/elleusa

Elle Fanning Olive Rusten va Balmain atelyesi tomonidan yaratilgan hayvonot dunyosiga oid elementli libosni afzal ko‘rdi. Balenciaga Couture kiygan Kerri Vashington opera qo‘lqoplari trendini qo‘llab-quvvatladi. Mishel Yeo ham o‘z navbatida Balenciagani tanladi.

Anjelina Joli yaltiroq toshlar bilan bezatilgan Alexander McQueenning podium libosiga e’tibor qaratdi, Nikol Kidman esa orqasi ochiq kumush rangdagi Balenciaga ko‘ylagida paydo bo‘ldi. Ariana Grande va Anya Teylor-Joy arxiv liboslarini tanladilar: mos ravishda Givenchyning 1966-yil bahor-yoz kolleksiyasi va Dior. Aytgancha, Ariana bosh rollardan birini ijro etgan “Yovuz” filmi “Eng yaxshi prokat yutuqli film” deb topildi.

Foto: instagram/elleusa

Foto: instagram/elleusa

“Oltin globus” qizil yo‘lagidagi payetkalar uchun Zoe Saldana, Kara Delevingne, Maiki Madison, Felisiti Jons, Eisa Gonsales mas’ul bo‘lishdi. Dakota Fanning va Emma Stoun esa qizil rang foydasiga “ovoz berishdi”.

“Oltin globus” qizil yo‘lagida Zendaya zamonaviy karamel rangidagi maxsus Louis Vuitton libosida, Pamela Anderson - Oscar de la Rentaning dramatik qora ko‘ylagida va “Shogun” seriali yulduzi Anna Savai - oppoq Christian Dior libosida paydo bo‘lishdi.

Foto: instagram/elleusa

Foto: instagram/elleusa

2025-yilgi “Oltin globus” mukofotining qizil yo‘lak asosiy trendlari uchun mukofotni oltin va kumush tusli yorqin ko‘ylaklar qo‘lga kiritdi. Kinematografiya sohasidagi maxsus mukofotlar esa Viola Devisga (kinoga qo‘shgan hissasi uchun Sesil B. de Mill mukofoti) va Ted Densonga (televideniyega qo‘shgan hissasi uchun Kerol Bernett mukofoti) topshirildi.

Foto: instagram/elleusa

Foto: instagram/elleusa

Maqolani baham ko'ring

Related articles