Kim Jons Fransiyaning eng oliy fuqarolik mukofotiga sazovor bo‘ldi
Dior Homme va Fendi ijodiy direktori Faxriy legion ordeni ritsar unvoniga sazovor bo‘ldi
![](https://elleuzbekistan.com/wp-content/uploads/2025/01/Dizajn-bez-nazvaniya-19-2.png)
Dior erkaklar kolleksiyasining 2025-yil kuz mavsumi uchun mo‘ljallangan namoyishidan so‘ng o‘tkazilgan marosimda ijodiy direktorga Faxriy legion ordeni ritsari unvoni berildi. Jones bu mukofotni Anna Vinturning qo‘lidan oldi.
“Ushbu faxriy mukofot Dior erkaklar turkumi ijodiy rahbarining iste’dodi, ishtiyoqi va o‘z ishiga bo‘lgan sadoqatini e’tirof etishdir”, deya ta’kidlandi moda uyi bayonotida.
Tadbirda shuningdek, Robert Pattinson va Gvendolin Christie ham ishtirok etishdi.