Taninshing, Retinoidlar oilasi

Yumshoq parvarishdan professional ta’sirgacha

31 Yan 2025
fotо: freepik

Retinol allaqachon qarishga qarshi terini parvarish qilishda oltin standartga aylangan, ammo uning oilasi – retinoidlar har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan ko‘plab shakllarni o‘z ichiga oladi. Retinoidlar nimasi bilan farq qiladi, qanday tanlanadi va qanday qilib to‘g‘ri ishlatiladi? ELLE O‘zbekiston ushbu vitaminning nozik tomonlarini ochib beradi.

fotо: freepik

Retinoidlar – bu A vitamini hosilalari birikmalarining umumiy nomi. Ular hujayralarning yangilanishini rag‘batlantiradi, teri tuzilishini yaxshilaydi, ajinlar, giperpigmentatsiya va akne bilan kurashadi. Retinoidlar orasidagi farq ularning kimyoviy tuzilishi va faollik darajasidadir.

Tarkibida retinoidlar bo‘lgan mahsulotlar bilan tanishishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing.

Retinoidlarning asosiy turlari

Retinol (Retinol) retinoidlarning eng yumshoq shakli bo‘lib, ko‘pincha kosmetalogiyada ishlatiladi. Terida retinaldegidga, keyin esa retinat kislotaga (aktiv shaklga) aylanadi. To‘planish effekti uchun vaqt talab qiladi, sezgir terilar uchun mos keladi.

Retinaldegid (Retinal, Retinaldehyde) – retinol va retin kislota o‘rtasidagi oraliq shakl, tez ta’sir qiladi, lekin ta’sirlanishga sabab bo‘lishi mumkin. Retinol bilan allaqachon tanish bo‘lgan va uning ta’sirini kuchaytirmoqchi bo‘lganlar uchun yaxshi variant.

Retinoid kislota (Tretinoin, Retinoic Acid) – faqat retsept bo‘yicha mavjud bo‘lgan eng faol shakl. Darhol ta’sir qiladi, lekin kuchli ta’sirlanishga olib kelishi mumkin, moslashishni talab qiladi.

Retinyl palmitat (Retinyl Palmitate) retinoidlarning eng yumshoq shakli bo‘lib, hatto sezgir teri uchun ham mos keladi, ammo ta’sirning namoyon bo‘lishi uchun ko‘proq vaqt talab qiladi.

Adapalen (Adapalene) – sintetik retinoid, akne kasalligini davolashda qo‘llaniladi, kamroq qo‘zg‘atadi va muammoli teri uchun mos keladi.

Tazarotene (Tazarotene) – kuchliroq retinoid, aknening og‘ir shakllarida va sezilarli yosh o‘zgarishlarida qo‘llaniladi.

fotо: freepik

Retinogenni qanday tanlash kerak?

  • Boshlovchilar uchun retinilpalmitat yoki retinol mos keladi.
  • Yanada yaqqolroq ta’sir uchun – retinaldegidni sinab ko‘rish mumkin.
  • Akne va sezilarli yosh o‘zgarishlarini davolash uchun – adapalen, tretinoin yoki tazaroten, faqat shifokor ko‘rsatmasiga ko‘ra mos keladi.

Retinoidlarni qanday qilib to‘g‘ri qo‘llash kerak?

  • Asta-sekin kiriting: avval haftasiga 1-2 marta, keyin chastotani oshiring.
  • Faqat tunda ishlating, chunki retinoidlar terini quyoshga sezgir qiladi.
  • Har doim kunduz kuni SPF ishlating (eng kamida SPF 30).
  • Bir vaqtning o‘zida kislotalar (AHA, BHA) va C vitamini bilan aralashtirmang.
  • Ta’sirlanishni kamaytirish uchun terini namlang.
Maqolani baham ko'ring

Related articles