Valentino: Haute Couture 2025-yil bahor-yoz

Umberto Ekoning “Boshni aylantiruvchi ro‘yxatlari”

01 Fev 2025
foto: SPOTLIGHT/valentino

Alessandro Mikele Valentino uchun yaratilgan 48 ta Overdressed obrazlari to‘plamini taqdim etdi. Mikele kolleksiyani yaratishda Umberto Ekoning “boshni aylantiradigan ro‘yxatlari”dan ilhom olgan.

“Ro‘yxatlarga jozibadorlik va narsalar, odamlar va hodisalarni sanashga bo‘lgan ishtiyoq insoniyat tarixiga hamisha hamroh bo‘lgan. Ko‘rinishdan oddiy bo‘lishiga qaramay, ro‘yxatning ritorik shakli uning hikoya qilish va she’riy imkoniyatlari nuqtai nazaridan olimlar tomonidan kamdan-kam hollarda o‘rganilgan. Umberto Eko, boshqalardan farqli o‘laroq, san’at va adabiyot namunalarini - Gomerdan Joysga, Hizqiyoldan Gaddaga, Archimboldomdan Kalvino va Moroga qadar to‘plab va batafsil tahlil qilib, ushbu mavzuni zamonaviy intellektual muhokamaning markaziga olib chiqqanligi uchun e’tirofga loyiqdir”.

foto: SPOTLIGHT/valentino

foto: SPOTLIGHT/valentino

Qirq sakkiz libos qirq sakkiz ro‘yxatni aks ettirardi. Obrazlarda ramzlar, ranglar, falsafa va arxetiplar ko‘rinishidagi moddiy va nomoddiy unsurlar mujassamlangan edi. Ularning har biri Valentino Garavanining dunyosi va arxivlaridan to‘plangan hamda Mikelening ijodiy idrokini va tafakkurini shakllantirgan voqealardan iborat tarixdir.

Podiumda: ezoterika va sirk, to‘rlar, ritsarlik sovutlari, burmalangan ipak, qirolicha Amidala uslubidagi bosh kiyimlar, bantlar, jiyaklar, sharqona naqshlar va 60-80-yillardagi Valentino suratlaridagi nuqtali naqshlar namoyish etildi.

foto: SPOTLIGHT/valentino

foto: SPOTLIGHT/valentino

foto: SPOTLIGHT/valentino

foto: SPOTLIGHT/valentino

foto: SPOTLIGHT/valentino

foto: SPOTLIGHT/valentino

Maqolani baham ko'ring

Related articles