Diyora Keldiyorovaning Uta Abe ustidan qozongan g‘alabasi

G‘alaba dzyudo bo‘yicha yilning muhim voqeasi sifatida e’tirof etildi

Foto: INSTAGRAM / ELLE.OZBEKISTON

Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) 2024-yil yakunlarini sarhisob qilib, mavsumning eng yaxshi sportchilarini e’lon qildi. Diyora Keldiyorovaning Parij Olimpiadasida Uta Abe ustidan qozongan g‘alabasi dzyudo olamida yil voqeasi sifatida e’tirof etildi. Bundan tashqari, Keldiyorovaning shaxsiy murabbiyi Marko Shpitka ayollar terma jamoalari orasida eng yaxshi murabbiy unvoniga sazovor bo‘ldi.

Ayni paytda o‘zbekistonlik Olimpiada chempioni 2024-yilgi Olimpiadaga tayyorgarlik jarayonida olgan jarohatlaridan so‘ng tiklanish uchun tanaffusga chiqdi.

 

Maqolani baham ko'ring

Related articles