Jacquemus va L’Oréal!

Moda uyi go‘zallik sanoati olamiga qadam qo‘ymoqda

Foto: INSTAGRAM / JACQUEMUS

Brend L’Oréal bilan hamkorlikda o‘zining ilk kosmetika liniyasini ishga tushirmoqda. Bu dizaynerning ko‘p yillik orzusi bo‘lib, u boshidanoq o‘z brendini nafaqat moda, balki go‘zallik bilan bog‘liq ekanligini anglagan. Dastlabki mahsulotlar taxminan ikki yildan so‘ng sotuvga chiqadi, parfyumeriya va boshqa go‘zallik yo‘nalishlari ustida ish olib borilmoqda.

“15 yil oldin Jacquemus’ni yaratganimda, men uni allaqachon atir va kosmetika bilan tasavvur qilgandim. Endi, L’Oréal tufayli bu orzu ro‘yobga chiqmoqda”.

L’Oréal ham Jacquemus ularning portfoliosiga ajoyib tarzda mos kelishiga ishonch hosil qilgan. “Bu brend zamonaviy hashamatga bo‘lgan qarashni o‘zgartirmoqda va biz unga go‘zallik sohasida ham xuddi shunday qilishiga ko‘maklashishdan mamnunmiz”.

Fransuz moda uyi L’Oréal bilan hamkorlikda o‘z kosmetika liniyasini ishga tushirmoqda! Bu uzoq muddatli hamkorlik bo‘lib, u minoritar investitsiyalar bilan ham qo‘llab-quvvatlanadi – bunda kichik ulush egalari kompaniya boshqaruvida bevosita ishtirok etmaydi.

Jacquemus kosmetikasi Prada va Valentino Beauty mahsulotlari taqdim etilgan nufuzli savdo nuqtalarida tarqatiladi.

 

Maqolani baham ko'ring

Related articles