Arzondan tortib qimmatbop turlargacha top-8 tush
Hajm, uzunlik, egilish – hammasi bitta tyubikda

Ideal tush – to‘kilmaydigan, kipriklarni bir-biriga yopishtirmaydigan va birinchi qatlamdanoq nigohni ifodali qiladigan tush. Kimdir sun’iy kiprik effektini, kimdir tabiiy uzayishni, yana kimdir esa tarkibidagi parvarishlovchi xususiyatlarni izlaydi. Ushbu sharhda formulasi, qulay cho‘tkasi va mukammal natijasi tufayli sevimli mahsulotga aylangan bestseller tushlar keltirilgan.
Maybelline Lash Sensational Sky High Mascara
Bu tushni har kim ham xarid qilishi mumkin! 2020-yilda taqdim etilgan mutlaq bestseller ekstremal uzaytirish effekti tufayli tezda mashhurlikka erishdi. Egiluvchan silikon cho‘tka har bir kiprikni ildizidan uchigacha bo‘yab, yengil hajm va sezilarli uzunlik hosil qiladi. Bambuk ekstrakti qo‘shilgan formula kipriklarni og‘irlashtirmasdan mustahkamlaydi. Chidamliligi bilan ajralib turadi va kun davomida to‘kilmaydi.

fotо: instagram \ @maybelline
L’Oréal Paris Voluminous Lash Paradise Mascara
Ko‘pincha qimmatbop turlarga tenglashtirilgan tush. Hajmli momiq cho‘tka tushni bir tekisda yoyib, qalin va hajmli kipriklar effektini yaratadi. Kremsimon teksturasi tufayli kesaklarsiz osongina surtiladi va barqaror formulasi kun bo‘yi egilishni saqlab qolishga yordam beradi.

fotо: instagram \ @lorealparis
NYX Worth The Hype Mascara
Go‘zallik ixlosmandlarining yana bir sevimlisi. Yengil tekstura va to‘yingan pigment tabiiy ta’sir hamda ifodalilikni ta’minlaydi. Tush kipriklarni yopishtirmaydi, yaxshi qatlamlanadi va ham kundalik, ham ko‘zga tashlanadigan pardoz uchun mos keladi. O‘rtacha qalinlikdagi cho‘tka kipriklarning eng asosini bo‘yashga imkon beradi va ularga qo‘shimcha hajm qo‘shadi.

fotо: instagram \ @nyxcosmetics
MAC Stack Mascara
Innovatsion formula tushni og‘irlashtirmasdan va kesaklarsiz bir necha qatlamda surtish imkonini beradi. Cho‘tka kipriklarni bir-biridan yaxshi ajratadi, ularga qalinlik va ifodalilik beradi. Ikki variant mavjud: uzun kipriklar uchun klassik versiya va qisqaroq kipriklar uchun kichik o‘lcham.
Lancôme Hypnôse Mascara
Hashamat olamiga sho‘ng‘iymiz va bizning ro‘yxatimizni o‘zining yengil tuzilishi va mukammal qatlamlanish qobiliyati bilan mashhur bo‘lgan tush boshlaydi. Qo‘llash davomida kuchaytirish mumkin bo‘lgan tabiiy hajmni ta’minlaydi. Parvarishlovchi tarkibiy qismli formula kipriklarni oziqlantiradi va ularning sinishiga yo‘l qo‘ymaydi.

fotо: instagram \ @lancomeofficial
YSL Mascara Volume Effet Faux Cils
Sun’iy kiprik effektiga ega afsonaviy tush. Momiq cho‘tka har bir kiprikni bo‘yab, maksimal hajm hosil qiladi. Tarkibida kipriklarni parvarish qiluvchi argan va kanakunjut yog‘lari mavjud bo‘lib, to‘yingan qora pigment nigohni ifodali qiladi.

fotо: instagram \ @minmaxdeals_lls
Chanel Le Volume de Chanel Mascara
Qatlamli tekstura va qor parchasi shaklidagi maxsus cho‘tkali formula kipriklarga sezilarli hajm va uzunlik beradi. Egilishni tezda mahkamlaydi, to‘yingan ko‘mirday qora pigment esa nigoh ta’sirchanligini kuchaytiradi. To‘kilmasdan 16 soatgacha chidaydi.

fotо: instagram \ @chanel.beauty
Sisley Paris Phyto-Noir Volume & Lift Mascara
Tezkor hajm va ko‘tarish effektiga ega yuqori sifatli tush. Uning tarkibida parvarishlovchi moddalar, jumladan, paxta ekstrakti va B5 provitamini mavjud bo‘lib, ular kipriklarni mustahkamlaydi, o‘sishiga yordam beradi. Nozik tukli innovatsion cho‘tka har bir kiprikni yaxshilab bo‘yab, to‘yingan rang va uzoq muddatli chidamlilikni ta’minlaydi.