London Fashion Week 2025: asosiy go‘zallik tendensiyalari

Retro, tajribalar va biroz glamur

27 Fev 2025
fotо: spotlight \ Paul Costelloe

Londondagi moda haftaligi doimo o‘zining ijodkorligi bilan hayratda qoldiradi va 2025-yilning kuz-qish mavsumi ham bundan mustasno bo‘lmadi. Dizaynerlar bizga dadil retro havolalar, to‘yingan ranglar va kutilmagan urg‘ularni taqdim etishdi, bu esa kelayotgan sovuq kunlarni yanada zamonaviyroq qiladi. Burberry, Marques’Almeida, Huishan Zhang, Richard Quinn va boshqa brendlarning yorqin shoularida vizajistlar eng dadil va kutilmagan go‘zallik yechimlarini namoyish etishdi. Keling, yangi mavsumga ta’sir ko‘rsatadigan asosiy tendentsiyalarni ko‘rib chiqamiz.

Tutunli ko‘zlar

Klassik smoki-ays yangi hayot kasb etdi – endi u ko‘proq bo‘yoqli soyalarning go‘zal qo‘shilishiga o‘xshaydi. Marques’Almeida dunyoga yorqin pushti ranglarni, Connor Ives va Burberry esa ombre effektidagi chuqur ranglar bilan tajriba o‘tkazdi.  Pardoz yanada ifodali bo‘ldi, tutunli effekt esa harakatchan qovoq chegaralaridan ancha uzoqqa cho‘zilib, sirli, biroz beparvo, ammo mukammal o‘ylangan ko‘rinish yaratadi.

fotо: spotlight \ Burberry

Dramatik nigoh

Agar ko‘zlaringiz bir qarashdayoq hamma narsani ifodalashini istasangiz, bu trend aynan siz uchun! Huishan Zhang modellari ko‘mirday qora smoky ko‘z pardozini deyarli ko‘rinmas lablar bilan uyg‘unlashtirdi. Butun e’tibor ko‘zlarga qaratilib, unutilmas obraz yaratiladi. Qoramtir, to‘yingan ranglar ko‘zning chuqurligini oshirib, unga o‘tkirlik bag‘ishlaydi. Bu trend o‘ziga ishongan va sirli ko‘rinishni xohlaydiganlar uchun mukammal tanlov.

fotо: spotlight \ Huishan Zhang

Kristallar va strazlar

Sof glamur! Maison Sara Chraibi yuzni strazlar va kristallar bilan bezashni taklif qiladi — ularni ko‘z ostiga hatto yanoqlarga joylashtirish mumkin. Endi yaltirash faqat highlighter bilan cheklanmaydi, balki bo‘yanishning asosiy elementi sifatida maydonga chiqadi. Bu trend 2000-yillarga qaytishni eslatadi, biroq yanada nafis va san’atkorona yondashuv bilan. Strazlar aniq nuqtali urg‘ular yoki e’tiborni tortadigan va yuzni ijod uchun jonli matoga aylantiradigan ulkan badiiy qiyofaning bir qismi bo‘lishi mumkin.

foto: spotlight \ Maison Sara Chraibi

Ranglar o‘yini

Qora podvodka haqida unuting – endi faqat rang modada! Sinead Gorey ko‘zni to‘q ko‘kdan neon pushtigacha bo‘lgan to‘yingan ranglar bilan chegaralashni taklif qiladi. Yana bir yorqin jihat – rang-barang kipriklar, ular ham modaga qaytdi. Qanchalik yorqin bo‘lsa, shunchalik yaxshi! Bu tendensiya pardoz bilan bog‘liq tajribalarni rag‘batlantiradi, ko‘zlarni butun qiyofaning asosiy urg‘usiga aylantiradi. Bunday usul nafaqat podium uchun, balki kundalik hayot uchun ham mos keladi – faqat o‘zingizning mukammal rangingizni tanlashingiz kifoya.

fotо: spotlight \ Sinead Gorey

Muzdek rumyana

Tabiiy sovuq ob-havodan qizarib ketgan yonoqlar – endi trendda! Bora Aksu shunday effekt yaratib, yangi, yosh va tetik ko‘rinishni ta’kidladi. Nozik pushti va rezavor ranglar yonoqlarda tabiiy ko‘rinib, yuzga jonlantiruvchi ifoda bag‘ishlaydi. Ushbu trend tabiiy go‘zallikni minimal harakatlar bilan namoyon etishning ajoyib usuli. Eng muhimi – oson surtiladigan krem teksturalarni tanlash, ular tabiiy qizarish effektini beradi.

fotо: spotlight \ Bora Aksu

Mukammal yorqin teri

Moda olamini qanday tendensiyalar egallamasin, bir narsa o‘zgarishsiz qoladi – mukammal porloq teri. Paul Costelloe va Richard Quinn bu ta’sirni yuzni chiroyli va sog‘lom ko‘rsatadigan ultra yorqin xaylayterlar bilan ta’kidladilar. Silliq, namlangan va yorug‘likka to‘yingan teri – bu shunchaki zamonaviy moda emas, balki to‘g‘ri parvarish va to‘g‘ri tanlangan kosmetika vositalari yordamida osongina hayotga tatbiq etiladigan haqiqiy go‘zallik me’yoridir.

фото: spotlight \ Richard Quinn

Pirsingli manikyur

Tirnoqlar ham tendensiyalarga moslashdi: SRVC bej-qora rangdagi uzunchoq to‘rtburchak tirnoqlarni ko‘rsatdi. Ammo asosiy o‘ziga xoslik – bu pirsing! Tirnoqning uzun qismida mo‘jaz teshiklar teshilib, dadil va futuristik ko‘rinish hosil qilinadi. Ushbu manikyur dizayni tirnoq go‘zalligi haqidagi an’anaviy tasavvurlarga qarshi haqiqiy chaqiriqdir. U o‘z shaxsiyatini ta’kidlamoqchi va qiyofasiga dadillik ohangini qo‘shmoqchi bo‘lganlarga mos keladi.

fotо: spotlight \ SRVC

Maqolani baham ko'ring

Related articles