Schiaparelli 2025-yilgi kuz-qish kolleksiyasini namoyish etdi
Yuqori moda texnikalarini “ready to wear”ga moslashtirish

Daniel Rouzberi “Lone Star” kolleksiyasini taqdim etdi, uning namoyishini Jiji Hadid boshlab berdi. 40-yillar estetikasidan ilhom olgan dizayner ingichka bellar, jaketlar ustidan taqiladigan kamarlar, katta yoqalar, baskali toplar, A-siluetli jakkard paltolar, charm to‘plamlar, korsetlar, ketsyutlar va ilon terisiga o‘xshash elementlarni taklif etdi. Obrazlarni surrealistik aksessuarlar yakunladi.

foto: instagram/schiaparelli
Kovboycha uslublar bog‘ichli shimlarda, halqali va popukli paltolarda aks etib, kolleksiyaga erkinlik va isyonkorlik ruhini qo‘shdi.
“Bu davrni boshdan kechirish juda qiziq: menimcha, biz Schiap’ning ikkinchi oltin asriga qadam qo‘ymoqdamiz. Men bilgan barcha ayollar o‘zlari va boshqa ayollar uchun kiyinishadi. Men global pandemiyani tasavvur qildim, undan so‘ng insoniyat – erkaklar qiyofasida – yo‘q bo‘lib ketadi, ayollar esa yerni meros qilib oladi. Ular erkak timsollarining qoldiqlarini nima qilishadi?” – deya mulohaza qiladi Rouzberi.

foto: instagram/schiaparelli

foto: instagram/schiaparelli

foto: instagram/schiaparelli

foto: instagram/schiaparelli

foto: instagram/schiaparelli