Saint Laurent Parijdagi moda haftaligini yakunladi

Brend 2025-yil kuz-qish kolleksiyasini namoyish etdi

14 Mar 2025
foto: SPOTLIGHT/Saint Laurent

Entoni Vakkarello arxivlar bilan mohirona ishlashini, ularni zamonaviy modaga aylantira olishini yana bir bor isbotladi. Shou arafasida u 70-yillarning boshidan beri Saint Laurent podiumlari va reklama kampaniyalarida porlagan brendning asosiy ilhom parisi Amaliya Vayrelli bilan qisqa intervyu taqdim etdi.

Yangi kuz-qish kolleksiyasida Vakkarello 1983-yilning kuz-qish mavsumdagi Paris kolleksiyasining ramziy “parijcha pushti” rangini qora, shokolad va tabiiy ranglarga qo‘shib, ranglar palitrasini kengaytirdi. Entoni aksentlarni joylashtirib ranglar bilan o‘yin qildi: elektr ko‘k, quvnoq apelsin, to‘q zumrad, shartrez va majenta. Qoplon naqshi 1982-yilgi yuqori moda kolleksiyasiga ishora qilib, vinilda qayta talqin etildi. Boshqa modellarda esa bu matoga gullar bosilgan – bu Iv Sen-Loran ijodidagi muhim element bo‘lib, ko‘rgazmalar unga bag‘ishlangan.

foto: SPOTLIGHT/Saint Laurent

Endi yelkalar yanada kengaytirildi, yubkalar torroq, yoqalar balandroq bo‘ldi. Namoyishda to‘rdan tikilgan bluzkalar va ko‘ylaklar ham bor edi. Bomber kurtkalari uzunroq bo‘lib, natijada bel chizig‘i pastroqqa tushdi. Namoyishni yakunlagan krinolin yubkalar bu g‘oyani davom ettirdi.

foto: SPOTLIGHT/Saint Laurent

foto: SPOTLIGHT/Saint Laurent

foto: SPOTLIGHT/Saint Laurent

foto: SPOTLIGHT/Saint Laurent

foto: SPOTLIGHT/Saint Laurent

Maqolani baham ko'ring

Related articles