Mavsumning yangi geometriyasi
Asimmetriya yana jahon shohsupalariga qanday bostirib kirdi

Egri degani – bu yomon degani emas. Agar gap kokil haqida emas, ko‘ylaklar xususida ketayotgan bo‘lsa ayniqsa. 2025-yilgi bahor-yoz mavsumi bizni “to‘g‘ri yo‘ldan chalg‘ish”ga va assimetrik liboslar orqali obrazlarga biroz dinamika, qandaydir avangard ruh qo‘shishga undaydi. Asimmetriya nafaqat ko‘ylak etaklarini, balki yenglar, yoqalar va hatto shim kostyumlarining siluetlarini ham qamrab olgan. Aynan shuni joriy yilning bahor-yoz kolleksiyalarida ko‘rish mumkin.
Notekis chiziqlar, siljigan aktsentlar – bugun hamma narsa mukammal bo‘lishi muhim emas. Muhimi, obraz qiziqish uyg‘otishi kerak. Moda yana bizga nomukammallik yangi hashamat ekanligini ko‘rsatmoqda.

FOTO: SPOTLIGHT/COPERNI

FOTO: SPOTLIGHT/COPERNI

FOTO: SPOTLIGHT/COPERNI

FOTO: SPOTLIGHT/BOTTEGA VENETA

FOTO: SPOTLIGHT/BOTTEGA VENETA

FOTO: SPOTLIGHT/FERRAGAMO

FOTO: SPOTLIGHT/FERRAGAMO

FOTO: SPOTLIGHT/FERRAGAMO

FOTO: SPOTLIGHT/LOEWE

FOTO: SPOTLIGHT/JW ANDERSON