Bahor-yoz fasli uchun tana mistlari: teridagi yengil xushbo‘ylik

Xushbo‘y spreylar: atirlarning mayin muqobili

02 May 2025
fotо: instagram \ @vsbeauty

Iliq kunlar kelishi bilan erkinroq nafas olish, parvarishda ham, atirda ham yengil tarkiblarni tanlash istagi paydo bo‘ladi. Bahor-yoz fasli uchun tana mistlari – xushbo‘ylik va parvarish o‘rtasidagi muvaffaqiyatli yechim. Ular terini yangilaydi, ortiqcha yuklamalarsiz, kun davomida oson yangilanadi va kerakli kayfiyatni beradi. Biz kundalik hayot va dam olish uchun mos keladigan xushbo‘y spreylar to‘plamini tayyorladik.

Victoria’s Secret Bare Vanilla

Vanil va kokos suti hidiga ega mayin ifor. Ortiqcha shirin bo‘lmagan holda, u qulaylik va xotirjamlik hissini uyg‘otadi. Issiq terida yaxshi ochiladi, shuning uchun dushdan keyin yoki kechqurun ayniqsa yoqimli.

fotо: unspalsh

Bath & Body Works Pink Pineapple Sunrise

Yangi, sersuv va quvnoq. Atir yorqin ananas hidi bilan boshlanib, keyinchalik marakuya va muvozanatlovchi sitrus ta’mi seziladi. Qo‘llanilgan zahoti tetiklashtiruvchi yozgi kokteyl kabi tuyuladi. U, ayniqsa, kunduzi, yangilanish va kunga ritm berish maqsadida foydalanilsa, juda muvofiq. Mistni o‘zi bilan olib yurish va yo‘l-yo‘lakay yangilab turish qulay – ta’tilda yoki shahar jaziramasida uning o‘rnini hech narsa bosa olmaydi.

fotо: instagram \ @bathandbodyworks

Sol de Janeiro Brazilian Crush Cheirosa 68

Jasmin gullari, vanil va pitaxaya bir shishada jamlangan. Hidlarning qatlamlanishi tufayli u odatdagidan uzoqroq saqlanadi – deyarli yengil atir kabi. U kiyim va sochlarga yaxshi o‘rnashadi, obrazni nozik, ammo ta’sirchan tarzda ta’kidlaydi. Oqshomlar, uchrashuv yoki ochiq havoda o‘tkaziladigan tadbirlar uchun juda mos keladi.

fotо: instagram \ @souldejaneiro

Rituals The Ritual of Karma Hair & Body Mist

Beg‘ubor dam olish hissidan ilhomlangan toza va qamrab oluvchi ifor. Oq choy va nilufar xushbo‘ylikka yengillik va nafislik baxsh etadi, tarkibida spirt yo‘qli tufali uni hatto sochlarga ham sepish mumkin. Spa muolajalaridan keyingi yangilanish hissini uyg‘otadi – ertalabki dush yoki kechki vannadan so‘ng juda yoqimli.

fotо: instagram \ @ritualscosmetics

02 May 2025
Maqolani baham ko'ring

Related articles