Bvlgari Hotels & Resorts
Yangi “Serpenti lyuks xonalari”

Bvlgari Hotels & Resorts yangi eksklyuziv “Serpenti lyuks xonalari”ni taqdim etmoqda. Hotels & Resorts Collection’ning har bir mulkida xonalardan birining interyeri Serpenti belgisi ruhida nozik detallar bilan bezatiladi, bu esa mehmonlarga Bvlgari estetikasidan eksklyuziv bahramand bo‘lish imkonini beradi.
Har bir lyuks xona brendning ramziy Serpenti motivining nafosati va sirliligini aks ettirish uchun bezatilgan. Ilon tasvirini venetsiyaning tarixiy Rubelli brendining hashamatli pardalari va yumshoq yostiqlarida, shuningdek, boshqa interyer jihozlarida ko‘rish mumkin. Bvlgari Hotel & Resorts’ning har bir mehmonxonasida faqat bitta “Lyuks Serpenti” bo‘ladi va u yil davomida mehmonlarga noyob va eksklyuziv dam olishni taklif qiladi.