Back to the 90s: retro effektli mukammal lablar
Supermodellarning sirli usuli – inyeksiyasiz kattalashtirish

Makiyajdagi nostalgiya faol ravishda rivojlanmoqda, bugun aynan lablar konturi g‘alaba qozonmoqda. Vintaj makiyaj ishqibozlari uchun bu yo‘nalish haqiqiy topilma. Mukammal lip-komboning siri har qachongidan ham oddiy: to‘q kontur + bir necha ton ochroq lab bo‘yog‘i – va mana sizning pardozingiz yangi bo‘yoqlar bilan yarqiraydi. Oltin davrdagi lablarning asosiy targ‘ibotchilari o‘sha davr modellari: Naomi Kempbell, Keyt Moss, Sindi Krouford.
Biroq moda takrorlanishi muqarrar va endi mashhur Jennerlar oilasining vakili Kayli tomoshabinlarga “ehtirosli lablar” effektini tobora ko‘proq namoyish etmoqda. Kylie Cosmetics arsenalida uning sevimli kombinatsiyalarini yaratish uchun rang-barang palitra mavjud. Ammo brendning o‘ziga xos xususiyati bir-birini mukammal to‘ldiradigan to‘plamlardir: qalam + lab bo‘yog‘i.
Yana bir shov-shuvli yangilik – Charlotte Tilbury brendining Lip Cheat Contour Duo va Big Lip Plumgasm kombinatsiyasi, uning elchisi ispan go‘zalligi ramzi Jorjina Rodriges bo‘ldi. Bu hammaga mos keladigan kombinatsiya.

fotо: instagram \ @charlottetilbury
MAC brendi trenddan ortda qolmay, 90-yillar ruhida butun boshli reklama kampaniyasini o‘tkazdi va unga mashhur aktrisa Liza Rinna hamda uning qizi Ameliya Greyni jalb qildi. Yangiliklar haqiqatan ham o‘sha yillardagi lab bo‘yash modasini aniq aks ettiradi. Maxfiy formula: MAC Lipgloss Air + Silky Matte Lipstick Kinda Sexy + Cool Spice Pencil.

fotо: instagram \ @maccosmetics
Mukammal lab kombinatsiyasining siri bu teksturalar va ranglarning to‘g‘ri uyg‘unlashuvidir. Asosiy tamoyil: to‘q kontur + och rangli “to‘ldiruvchi”. Bunday kontrast lablarni vizual ravishda kattalashtiradi va ularni yanada jozibali qiladi. Maksimal ta’sir uchun lab bo‘yog‘ini cho‘tka bilan surting, u bilan qalam o‘rtasidagi chegarani yumshatib chizing va lablar markaziga bir tomchi yaltiroqlik yoki xaylayter qo‘shing.

fotо: instagram \ @wolfiecindy
Go‘zallik sanoati olami 90-yillar estetikasiga yana mehr qo‘yayotgan bir paytda, bu yo‘nalishni o‘zimizda sinab ko‘rish zarur. U kunduzgi va kechki pardoz uchun juda mos keladi. Eng muhimi, optimal rangni tanlash va ifodali bo‘lishdan cho‘chimaslik!