BEFIT RETREAT qanday o‘tdi

2290 metr balandlikdagi tadbir

плалтап

Dengiz sathidan 2290 metr balandlikda, musaffo tog‘ havosi va sokinlik qo‘ynida, BeFit tarmog‘i a’zolari uchun maxsus yangi formatdagi tadbir o‘tkazildi. Ishtirokchilar tabiat, ilhom va ichki kuch uyg‘unlashgan ajoyib makonga tashrif buyurishdi. Shahar shovqinidan uzoqda, meditativ muhit va puxta rejalashtirilgan kun tartibi har bir ishtirokchiga sokinlik va oniy lahzalarni his etish imkonini berdi.

BEFIT RETREAT brend falsafasiga mos ravishda yangilanish bo‘ldi: tanaga g‘amxo‘rlik qilish ruhga e’tibor qaratishdan boshlanadi.

Kun toza tog‘ havosidagi tetiklashtiruvchi, uyg‘otuvchi va chuqur nafas olishga yo‘naltirilgan mashqlar bilan boshlandi. So‘ngra art-terapiya vaqti keldi: ijodiy jarayonda ishtirokchilar o‘z his-tuyg‘ularini ifodalab, ichki uyg‘unlikka erishdilar.

Keyin nutritsiolog va oshpazning mahorat darsi o‘tkazildi. Unda ular tanani tetik va ongni ravshan saqlaydigan muvozanatli ovqatlanishning oddiy va samarali usullarini o‘rgatishdi.

Kun yakunida yengil furshet va quvvat beruvchi ichimliklar taqdim etildi. Bular sermahsul dasturdan so‘ng yengil kuch yig‘ishga yordam berdi. Quyosh botishi paytidagi o‘ziga xos kayfiyat va ritm ELLE O‘zbekiston musiqiy muharriri Dima Mitch hamda DJ Mone va King Macarella tomonidan taqdim etilgan DJ-to‘plamlar bilan yanada ta’sirchan bo‘ldi. Musiqa go‘zal kunning so‘nggi taassurotlari kabi havoga singib ketti.

Maqolani baham ko'ring

Related articles