Pul manikyuri: afsona yoki haqiqat?
Mashhur trend ortida nima yashiringan va u rostdan ham farovonlik keltiradimi?

TikTok, Instagram va hatto go‘zallik salonlarida farovonlikni jalb qilishi mumkin bo‘lgan manikyur haqida tobora ko‘proq so‘z yuritilmoqda. Yashil, oltin va tabiiy ranglardagi tirnoqlar nafaqat estetik zavq, balki daromadning o‘sishini ham va’da qilmoqda. Bu haqiqatan ham ishlaydiми?
Pul manikyuri (money manicure) – bu moliyaviy energiyani kuchaytirish xususiyatiga ega deb hisoblanadigan tirnoq dizayni. Ko‘pincha bu yashil (dollar ramzi), oltin (boylik bilan bog‘liq), qizil (qat’iyatlilik va jozibadorlik) yoki tabiiy (tabiiylik va ishonch rangi) ranglardagi manikyur. Shakli yumshoq, bodomsimon yoki oval shaklda tanlanadi – nafis va uyg‘un ko‘rinishi uchun.

fotо: unsplash
Ijtimoiy tarmoqlarda bunday manikyur qilsangiz, moliyaviy omad o‘zini kuttirmaydi deya jar solishmoqda. Bu fikr ortida sehr emas, balki ichki kayfiyat kuchi turadi. Yangi manikyur ko‘pincha ichki yangilanish bilan birga keladi: yaxshiroq ko‘rinishni, qat’iyroq harakat qilishni, tashabbus ko‘rsatishni xohlaysiz.
“Pul” manikyuriga bo‘lgan qiziqish shunchaki TikTokdagi trend emas. Rang ramzlari g‘oyasi fengshuy, astrologiya va hatto vizual amaliyotlarga borib taqaladi, bu yerda har bir tus idrokka ta’sir ko‘rsatadi.

foto: freepik
Astrologiyada har bir oyning energiyasini kuchaytiruvchi rang mavjud. 2025-yil may oyida bunday rang sariq bo‘ldi – bu aniqlik, muloqot va optimizm tusi. Ushbu gammadagi manikyur samarali va qulay oyga sozlanish usuli sifatida qabul qilinishi mumkin.
Ba’zilar “pul” manikyurini muhim paytlarda: muhim uchrashuv, suhbat, yangi loyihani boshlashdan oldin tanlashadi. Vizual jihatdan u langar vazifasini bajaradi – maqsadni eslatib, diqqatni jamlashga yordam beradi.

foto: freepik
Xo‘sh, bu afsona yoki haqiqat?
To‘g‘rirog‘i – vosita. Psixologik vosita. Manikyur uzoq vaqtdan beri faqat parvarish masalasi bo‘lmay qoldi: bu obrazning bir qismi, o‘zini namoyon qilish va ichki holatga ohang berish usuli.
Rang oddiy, ammo kuchli tasdiq bo‘lishi mumkin. Gap hisobdagi summalar haqida emas, balki ichki qadr-qimmat tuyg‘usi haqida. Yakunlangan obraz ishonchni shakllantiradi, u rasmiy uchrashuv yoki yangi loyiha bo‘lsin, xulq-atvorda bevosita aks etadi.