Chortoq х ELLE O’zbekiston
Sog‘lik va go‘zallik o‘zingizga g‘amxo‘rlikdan boshlanadi

ELLE O‘zbekiston tahririyati haqiqiy go‘zallik o‘ziga e’tibor qaratishdan boshlanishiga ishonadi. Tana, aql va hayot maromiga e’tibor berishdan. Shu bois, biz Chortoq premium mineral suv brendi bilan hamkorlikni boshlaganligimizni mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz.
Tabiiy, muvozanatli, minerallarga boy Chortoq suvi O‘zbekistonning qoq markazida vujudga keladi va organizmni chindan ham muhim bo‘lgan moddalar bilan to‘yintirish uchun qadimiy tog‘ jinslari qatlamlari orqali o‘z yo‘lini bosib o‘tadi. Katta shahar hayoti sur’atida tanani barcha zarur ozuqa moddalari bilan to‘yintiradigan suvni tanlash muhimdir. Bunda sifat, ta’m va estetika borasida murosaga bormaslik lozim.
Zamonaviy turmush tarzi ongli yondashuvni talab etadi. Suvni tanlash ham xuddi terini to‘g‘ri parvarish qilish yoki ertalabki mashqlarni tanlash kabi muhim qarordir. Chortoq brendi ELLE O‘zbekiston falsafasiga aynan mos keladi: ichki kuch, quvvat va uslub har bir tafsilotda o‘z aksini topadi.
Ongli yashang va o‘zingiz uchun eng yaxshisini tanlang.
Hamkorlik materiali.