Tanishing, Chortoq brendi

O‘zbekistonning mineral suvi qanday qilib o‘ziga g‘amxo‘rlik qilish va muvozanat falsafasiga aylandi

Ritm bizdan ko‘pincha imkoniyatlarimizdan ortiq narsa talab qiladigan dunyoda sekinlashish san’ati alohida ahamiyat kasb etmoqda. Nafas olish, tana va uyg‘unlikka joy beriladigan sekinlashish. O‘zbekiston qalbida tug‘ilib, o‘ziga g‘amxo‘rlik qilish zarurligini eslatish uchun yaratilgan Chortoqning tarixi aynan shunday boshlanadi.

2016-yilda ishga tushirilganidan buyon Chortoq O‘zbekistondagi shifobaxsh ichimlik suvlari orasida yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda. Biroq, bu muvaffaqiyat ortida nafaqat sifatli mahsulot, balki qiziqarli tarix ham bor.

Yer qa’ridan – his-tuyg‘ular teranligiga

Bu tarix mukammal narsani yaratishga intilish haqida: davolovchi va to‘yintiruvchi suv haqida. Chortoq ikki quduqdan boshlanadi: biri 507 metr chuqurlikdagi shifobaxsh-istemol suvi qudug‘i bo‘lib, minerallar va mikroelementlarga boy; ikkinchisi esa toza ichimlik suvli, kuchsiz ishqoriy va pH bo‘yicha mukammal muvozanatlangan artezian qudug‘i. Bu tabiiy manbalar bir butunning ikki qismi sifatida tabiat tomonidan tiklanish, quvvat va ichki kuch uchun yaratilgan.

Chortoqning har bir tomchisi yuqori texnologiyali filtrlashdan o‘tadi, bu esa uning tabiiy tarkibini saqlab qoladi. Xalqaro sifat va xavfsizlik standartlari asosida qurilgan zavod Fransiya va Italiya uskunalari bilan jihozlangan, chet ellarga eksport qilish uchun sertifikatlangan bo‘lib, qazib olishdan tortib qadoqlashgacha bo‘lgan har bir bosqichni sinchkovlik bilan nazorat qiladi.

Ishonchga loyiq sifat

Butun texnologiya va ishlab chiqarish quvvati (yiliga 400 million donagacha!) ortida mukammal sifat nazorati tizimi turadi. FSSC, ISO, Halal, Kosher va boshqa sertifikatlar kompaniyaning har bir bosqichda iste’molchi salomatligiga g‘amxo‘rlik qilish vazifasining ifodasi hisoblanadi.

Brendning alohida faxri – o‘z tadqiqotlari. Klinik sinovlar shuni ko‘rsatdiki, Chortoq suvini muntazam iste’mol qilish moddalar almashinuviga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, jarrohlik amaliyotlaridan keyin tiklanishga yordam beradi, metabolizmni yaxshilash orqali semizlikni yengillashtirishga ko‘maklashadi, shuningdek, homiladorlik toksikozi alomatlarini yumshatadi. Fan tananing ichki sezgilari tasdiqlagan narsani isbotlaydi: sifatli suv chindan ham sizning farovonligingiz uchun xizmat qiladi.

Ongli hayot ta’mi

Chortoq salomatlik, onglilik va nafosatdir. Bu zamonaviy tendensiyalar va sog‘lom turmush tarzini shakllantiruvchi brend bo‘lib, unda sifatli suv ongli tanlovdir. Bu o‘z his-tuyg‘ulari va ehtiyojlarini hurmat qilgan holda muvozanatda yashashga bo‘lgan ichki intilish demakdir.

Birgalikda biz sifat uslubga, o‘ziga g‘amxo‘rlik qilish esa odatga aylanadigan makon yaratamiz.

Hamkorlik materiali.

Maqolani baham ko'ring

Related articles