BVLGARI REBORN
Zendeya ishtirokidagi uslub va mashhurlik yo‘li haqidagi yangi serial

Bvlgari raqamli loyihalar olamida yangi sahifa ochmoqda — o‘zgarish va zamonaviy timsollar haqidagi “Reborn Series: Iconic Stories”. Hujjatli serialda brend yulduzlari o‘z o‘zgarish hikoyalarini samimiy baham ko‘rishadi va isbotlashadi: mashhur bo‘lish — o‘zini doimo qayta kashf etish demakdir. Loyiha Eternally Iconic tashabbusining bir qismi bo‘lib, u Bvlgari’ning afsonaviy kolleksiyalari rivojlanishini va ularning abadiy shahar — Rim bilan o‘ziga xos aloqasini qayta anglaydi.
Birinchi qism: Zendeya
Premyera 9-iyunda bo‘lib o‘tdi. Birinchi qismning bosh qahramoni Bvlgari’ning global elchisi Zendeya bo‘ldi. Serialda u o‘zining kasbiy yo‘li, o‘zgarishlari va qanday qilib zamonamizning eng taniqli shaxslaridan biriga aylanganini hikoya qiladi.
Rejissyor Chelsi Makmallan bo‘lib, u shaxsiyat va vizual estetikaga urg‘u beradigan ishlari bilan tanilgan.
Loyiha nima haqida
“Reborn Series”ning har bir qismi insonning o‘z uslubi va ahamiyatiga erishish yo‘li haqidagi qisqa hikoyadan iborat. E’tibor markazida taqinchoqlar emas, balki xarakterlar va ularning Bvlgari qadriyatlari bilan aloqasi turadi. Quyida kadrda Zendeya obrazini yaratishda qo‘llanilgan zargarlik buyumlari keltirilgan:
Yangi qismlar brendning rasmiy platformalarida chiqariladi. Tomoshabinlarni bugungi kunda Bvlgari ruhini aks ettiruvchi qahramonlar kutmoqda: ishonch, o‘ziga xoslik va yangilikka intilish.
Qayerda ko‘rish mumkin
Serial Bvlgari’ning Instagram, YouTube va boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida mavjud. Loyiha moda, madaniyat va zamonaviy uslub ramzlariga qiziquvchi keng auditoriya uchun yaratilgan.