Parijdagi yuqori moda haftaligi
Tadbirni “Bal d’Été” yozgi bali ochdi

Parijda yuqori moda haftaligi boshlanmoqda. Ushbu tadbirning ramziy ochilishi Dekorativ san’at muzeyida o‘tkazilgan “Bal d’Été” xayriya bali bo‘ldi. Tadbir rejissyori – Sofiya Koppola. “Men balning bezatilishiga xuddi film sahnasidek yondashdim”, – deydi Koppola. U fransuz aristokrati Jaklin de Rib, Chanel arxivlari va Marsel Prustning yuz yilligi sharafiga o‘tkazilgan niqobli baldan ilhomlanganini ta’kidladi.
Bal nafaqat kutyur haftaligini ochib berdi, balki 22-oktyabrda boshlanadigan “1925-2025: Art-Deco’ning yuz yili” nomli xalqaro dekorativ san’at ko‘rgazmasining 100 yilligini ham nishonladi. Yig‘ilgan barcha mablag‘lar ko‘rgazmani tayyorlashga yo‘naltiriladi.