Jil Sanderdan yangi vinil
Brendlarning musiqiy tashabbuslari davom etmoqda

Jil Sander brendi nemis sahnasining peshqadami va Aphex Twinning mashhur Rephlex studiyasi veterani bo‘lgan elektron musiqachi Bochum Weltning mini-albomi yozilgan vinil plastinkasini taqdim etdi. Albom brendning Gamburg ildizlaridan ilhomlangan ambient, IDM va tajribaviy haus janridagi 11 ta qo‘shiqni o‘z ichiga oladi. Plastinkani Jil Sander do‘konlaridan xarid qilish, veb-sayt va striming xizmatlarida tinglash mumkin.
Jil Sander o‘zining Instagram sahifasida shunday yozdi: “Bochum Weltning ohangdor elektronikasi va maftunkor ritmlari JIL SANDERning ikki tomonlama tabiatini — vazminlik va erkinlik o‘rtasidagi muvozanatni aniq aks ettirib, mavhumlik va hissiyotlar olamiga cho‘mdiradi”.