Louis Vuitton kampaniyasi

Xitoy bo‘ylab sayohat

12 Avg 2025
Foto: Instagram / louisvuitton

Louis Vuitton kompaniyasi amerikalik fotosuratchi Aleks Sot tomonidan suratga olingan “L’Âme du Voyage” (“Sayohat ruhi”) nomli yangi reklama kampaniyasini taqdim etdi. Vizual sayohat Guylin shahridagi Lijiang daryosining tumanli qirg‘oqlaridan boshlanadi. So‘ngra u Datun shahridagi Shuankon-si osma ibodatxonasida davom etib, Chjanjiazze qoyali o‘rmonlari orasida yakunlanadi. Monogram Horizon’dan tortib antik Alzer’gacha bo‘lgan brendning mashhur chamadonlari va sumkalari yangi kampaniyaning bir qismiga aylandi. Unda Xitoy sayyohlik kartochkasi sifatida emas, balki mushohada va kashfiyot makoni sifatida tasvirlanmoqda.

Maqolani baham ko'ring

Related articles