L’Oréal Professionnel’ning sochlar uchun samarali salon proseduralari

L’Oréal Professionnel’dan go‘zallik xizmatlari

14 Avg 2025
(Shampun, yuviladigan zardob, yuvilmaydigan niqob Absolut Repair Molecular; pre-shampun, shampun, niqob, yuvilmaydigan krem va moy Metal Detox)

Professional vositalar bilan salon parvarishi allaqachon sochlar haqidagi g‘amxo‘rlikning ajralmas qismiga aylangan, ayniqsa bo‘yash va muntazam fen-ukladkalardan keyin. Sochning holati va ehtiyojiga qarab, usta ularni sifat jihatidan tiklash va sog‘lom ko‘rinishini saqlab qolishga yordam beradigan prosedurani tanlashi mumkin. ELLE O‘zbekistonsizga L’Oréal Professionnel’ning yilning istalgan mavsumida dolzarb bo‘ladigan professional parvarish liniyalari asosida amalga oshiriladigan salon xizmatlari haqida so‘zlaydi.

Absolut Repair Molecular¹: soch tuzilmasini tiklash

Sochlar bo‘yash va issiqlik bilan ishlov berishdan so‘ng mo‘rtlashganda, elastikligini yoki zichligini yo‘qotganda, ularga yanada intensiv parvarish kerak bo‘ladi. Bunday hollarda ustalar Absolut Repair Molecular¹ liniyasi bilan “Chuquroq tiklash” prosedurasidan foydalanadilar. Formuladagi peptid kompleksi sochlarni silliq va zich holatiga qaytaradi. Bu prosedura ayniqsa yoz faslida dolzarb — issiq va quyosh nuri namlik yo‘qotilishini tezlashtirib, sochlarni himoyasiz qiladi.

(Shampun, yuviladigan zardob va yuvilmaydigan niqob Absolut Repair Molecular)

Metal Detox¹: bo‘yashdan keyin soch sifati va rangini himoya qilish

Bo‘yash — soch uchun stress, uni suv tarkibidagi metall² zarralari yanada kuchaytirishi mumkin. Bu zarralar soch tuzilmasida to‘planib, mo‘rtlashish xavfini oshiradi va rangning tez yuvilib ketishiga olib keladi. Bunday salbiy oqibatlarni kamaytirish uchun salonlarda Metal Detox¹ liniyasi asosida parvarish prosedurasi qo‘llanadi. Formuladagi glikoamin ortiqcha metall² zarralarini soch tuzilmasidan bog‘lab chiqarishga yordam beradi. Bu prosedura bo‘yashdan oldin yoki darhol keyin tavsiya etiladi — shunda zararlanish ehtimoli kamayadi va rangning mustahkamligi uzayadi.

(Metal Detox niqobi)

Mutaxassislar taklif qilishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha proseduralar:

Agar soch uzunligi bo‘ylab yupqalashgan yoki uchlari mo‘rtlashgan bo‘lsa, ustalar Pro Longer¹ parvarishini tavsiya etishi mumkin. Formuladagi Filler A-100¹ molekulasi uzunlikni zichlashtirib, sochni o‘stirish jarayonida sifatini saqlashga yordam beradi.

(Shampun va krem-mus Pro Longer, termo-himoya krem va niqob Pro Longer)

To‘lqinli va jingalak soch egalari uchun esa liniyada Curl Expression¹ prosedurasi mavjud. Bu parvarish sochni namlaydi, jingak shaklini saqlaydi, yengil nazorat beradi va sochni og‘irlashtirmasdan taralishini yengillashtiradi.

Nega bu proseduralar talabgir?

Uy sharoitidagi vositalardan farqli o‘laroq, professional salon proseduralarida faqat salonlarda mavjud bo‘lgan mahsulotlar ishlatiladi.
Salon parvarishi — bu sog‘lom sochga qilingan oqilona investitsiya. Eng muhimi — uni professional vositalar bilan ishlaydigan mutaxassislarga ishonib topshirish.

¹Pro Longer, Curl Expression, Metal Detox, Absolut Repair Molecular, Filler A-100
²Mis

Hamkorlik materialli

Maqolani baham ko'ring

Related articles