Teylor Svift “The Life of a Showgirl” albomini chiqarmoqda

12-studiya albomi anonsi

14 Avg 2025
Foto: Instagram / Taylorswift

Teylor Svift “The Life of a Showgirl” deya nomlangan 12-studiya albomi 3-oktyabr kuni dunyo yuzini ko‘rishini eʼlon qildi. Ijrochi albom muqovasining 4 ta muqobil variantini taqdim etdi, bular: “Sweat and Vanilla Perfume”, “It‘s Frightening”, “It‘s Rapturous” va “It‘s Beautiful”. Har bir muqova yangi davrga xos bo‘lgan yalpizrang va yorqin olovrang gammada bezatilgan. Plastinkaga 12 ta trek kiritilib, ular qatorida The Fate of Ophelia, Elizabeth Taylor, CANCELLED! hamda Sabrina Karpenter bilan duetda kuylangan qo‘shiq ham bo‘ladi. Teylorning so‘zlariga ko‘ra, albom Eras Tour‘ning Yevropa bo‘ylab o‘tkazilgan qismida, tanaffuslar orasida tug‘ilgan bo‘lib, u asosan sahna ortidagi hayotga bag‘ishlangan: “Bu doim ham sahnagacha yetib bormaydigan haqiqiy hissiyotlar haqidagi albomdir. O‘sha paytlari jismonan – o‘ta toliqqan, lekin ruhan – ilhom cho‘qqisida edim”. Muqova suratlari Mert Alas va Markus Piggott tomonidan olingan.

Maqolani baham ko'ring

Related articles